41

ORGANIZMGA QAYSI VITAMIN ETIShMAYoTGANINI QANDAY ANIQLASh MUMKIN?

Salomatlik 10.01.2018, 10:40
2506
  ORGANIZMGA QAYSI VITAMIN ETIShMAYoTGANINI QANDAY ANIQLASh MUMKIN?

Olimlar tadqiqotiga ko`ra, inson to`laqonli va sog`lom hayot kechirishi uchun S, R, V-1, V-2, V-6, V-12, RR, A, D, E darmondorilariga doimiy ehtiyoj sezadi. Masalan, odam vujudida S darmondorisi (askorbat kislota) etishmay qolsa, uning aqliy va jismoniy qobiliyati pasayib ketadi, me`da-ichak faoliyati buziladi, u tez-tez shamollaydigan bo`lib qoladi. Bunga yo`l qo`ymaslik uchun kishi S darmondorisiga boy tuzlangan karam, petrushka, ismaloq, qulupnay, na`matak, limon, pomidor, po`rtaxol, sabzi kabi ne`matlarni iste`mol qilishi kerak bo`ladi.

Tana a`zolarida V-1 hamda V-2 darmondorilariga tanqislik sezilganida ishtaha yo`qoladi, ich qotadi, yurak urishi sekinlashadi, ko`z xiralashib, soch to`kila boshlaydi, asab tizimi faoliyati buziladi, inson lanj, loqayd bo`lib, ozib keta boshlaydi. V-1 darmondorisini go`sht, jigar, qora non, kepakli non, dukkakli donlar (no`xat, mosh, loviya kabilar)da, barcha turdagi sabzavot, bodom va yong`oqda topasiz. V-2 darmondorisi ko`proq sut mahsulotlarida, tuxum, donli ekinlar, turli sabzavotlar va yong`oqda bo`ladi.
Bordiyu tanada V-6 (peridoksin) etishmay qolsa, tug`ilajak bola nimjon va kasalmand bo`lib qoladi, odamdagi modda almashinuvi buziladi, asab tizimiga zarar etadi. Bu darmondori esa ko`proq baliq, sut, jigar, xamirturush va o`simliklarda bo`ladi.
A darmondorisi esa yosh bolalarning yaxshi o`sishiga, ko`zning ko`rish qobiliyatini kuchaytirishga, modda almashinuvining bir me`yorda bo`lishiga yordam beradi. Bu darmondori go`sht, baliq, sut, sariyog`, tuxum, sabzi, pomidor, ko`k no`xat va ko`katlar tarkibida bor.
Kishi organizmida E (tokoferol) darmondorisining kamchilligi oqibatida uning umumiy va jinsiy qobiliyati susayib ketadi, oqsil va quvvat beruvchi moddalar almashinuvi izdan chiqadi. Bunday darmondori o`simlik moyida, donli ekinlar, yangi ko`katlar, yong`oq, pista va bodomda uchraydi.

Комментарии