41

Misr taomi — oshxonadagi tajribalardan cho`chimang!

SUG'DIYONA 11.01.2018, 12:50
1762
Misr taomi — oshxonadagi tajribalardan cho`chimang!

Zarur masalliqlar: 1 kg. mol go`shti, 2 ta non, 1 bosh piyoz, 1 osh qoshiq eritilgan sariyog`, qora murch donalari, tuz; guruchli garnirga: 3 stakan suv, 2 stakan guruch, 2 osh qoshiq zaytun yog`i, tuz; qayla uchun: 5 bo`lak sarimsoqpiyoz, 3 ta pomidor, 1 osh qoshiqdan zaytun yog`i va tomat, yarim choy qoshiq qalampir va kashnich; salat uchun: 2 tadan pomidor va bodring, 1 bosh piyoz, 1 osh qoshiqdan limon sharbati va qatiq, ko`katlar, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Qozonga go`shtni solib, to u botib turguncha suv quying-da, olovga qo`ying. Qaynagach, sho`rva yuziga chiqqan ko`pikni olib tashlab, olovni pastlang. Keyin piyoz, qora murch donalari va tuz solib, 40 daqiqa qoldiring.

2. Qozonga ozgina o`simlik yog`i solib, guruchni 5 daqiqa qovuramiz. Keyin sovuq suv quyib, tuz seping-da, baland olovda qaynating. Endi olovni pastlab, qozon qopqog`ini yopib, 20 daqiqa dimlang.

3. Sarimsoqpiyozni maydalab, qizdirilgan zaytun yog`ida 2-3 daqiqa qovuring.

4. Pomidorni maydalab to`g`rang. Tomat bilan birga sarimsoqpiyozga qo`shing. Ozgina qovurgach, tuz, murch va ziravorlarni sepib, 15 daqiqa past olovda dimlang.

5. Nonni bo`laklarga bo`lib, qizdirilgan sariyog`da ikkala tomonini µam engil qovurib oling.

6. Kattaroq likopga non bo`laklarini soling. Ustiga esa guruchni joylang.

7. Qaynatilgan go`shtni kattaroq bo`laklarga bo`lib, taom ustiga qo`ying. Sho`rvasini esa istasangiz aloµida yoki ketchup bilan aralashtirib, dasturxonga torting.

8. Taom ustiga pomidorli qaylani quying. Dasturxonga taomni maxsus salati bilan torting.

2 soat

6 kishilik

Комментарии