Ташкент +18° Mon 00:18
Долзарб мавзулар Foto

“O`zavtosanoat” etakchi yoshlari 2018 yil uchun vazifalarini belgilab oldi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 11.01.2018, 15:37

2018 yil 9 yanvar kuni O`zbekiston yoshlar ittifoqi “O`zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati Etakchilar kengashi tomonidan kompaniya tizimidagi boshlang`ich tashkilot etakchilari uchun o`quv seminar tashkil etildi.

Seminarda “O`zavtosanoat” tizimiga kiruvchi korxona va kompaniyalarning etakchilari, tashabbuskor va iqtidorli yoshlari ishtirok etdi.

Unda mamlakatimizda yoshlar masalalariga davlat siyosati darajasida e`tibor qaratilayotgani, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan joriy yil 30 iyunda tashkil etilgan O`zbekiston yoshlar ittifoqi qisqa fursat ichida yoshlarning chinakam suyanchi va tayanchiga aylangani ta`kidlandi. Shu o`rinda “Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida”gi qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo`lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro`yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratayotgani qayd etildi.

Shuningdek, “O`zavtosanoat” kompaniyasining Etakchilar kengashi raisi hamda koordinatorlari tomonidan 2018 yilda amalga oshirilishi lozim bo`lgan ustuvor rejalar ijrosiga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi hamda har bir korxonaga yil davomida amalga oshirilishi lozim bo`lgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии