Му5
50

Sovuq kunlarda yuzingizni himoyalovchi 5 niqob

SUG'DIYONA 12.01.2018, 15:03
1736
Sovuq kunlarda yuzingizni himoyalovchi 5 niqob

1. Asalli

1 osh qoshiq asalni suv bug`ida eritib, 1 choy qoshiqdan limon sharbati va oq loyni solib aralashtiring. Yuzlaringizga tekis qilib surtgach, 15-20 daqiqadan so`ng yuving. Bu niqob yur terisini parvarishlab, tetiklashtiradi.

2. Tuxum oqidan

1 dona tuxum oqini yaxshilab ko`pirtirib, 1 choy qoshiq limon sharbati va ozgina limon qirindisini soling. So`ngra 1 osh qoshiq bug`doy kepagini qo`shib, yuzlaringizga 15 daqiqaga surtib qo`ying. Niqob yuz terisini tozalab, parvarishlaydi.

3. Tvorogli

2 osh qoshiq yog`sizroq tvorogga 2 dona tuxum sarig`i va 1 choy qoshiq achchiq damlangan ko`k choyni qo`shing. Tvorogli aralashma yuz terisini tekislab, oqartiradi va parvarishlaydi.

4. Jelatinli

2 osh qoshiq jelatinga shuncha miqdorda qaynoq suv quyib, ozgina kuting. So`ngra 1 osh qoshiq gliserin qo`shing. Nam sochiqchani niqobga botirib, yuzingizga qo`ying. 15 daqiqadan so`ng sochiqchani olib, yuzingizni tonik bilan arting va parvarishlovchi krem surting. Bu usul bilan yuz teringizda qon aylanishini yaxshilaysiz.

5. Zaytun yog`li

Sovuq kunlarda yuzingiz qurib, ajin tushib ketmasligi uchun haftada bir marta zytun yog`idan foydalpning. Zaytun yog`ini suv bug`ida ilitib, yuz teringizga surting. 15-20 daqiqadan so`ng moychechakli iliqroq damlama bilan yuving.

P/S: Har bir yuz terisiga o`ziga xosdir. Shuning uchun uchun allergiyangiz bor mahsulotlardan niqob sifatida foydanlanmang.

Шарҳлар