Му5
50

Tuzning siz bilmagan 5 siri

SUG'DIYONA 13.01.2018, 08:59
2667
 Tuzning siz bilmagan 5 siri

1. Sochlaringizdan «qor» yog`ayotgan bo`lsa, qo`lingizni namlab, oddiy osh tuziga botiring-da, bosh terisini massaj qiling. So`ng oddiy suv bilan chaying.

2. 1 osh qoshiq tuzga 2 osh qoshiq iste`mol sodasini qo`shing. 1 choy qoshiq suv solib, aralashma bilan tishlaringizni tozalang. Shunda ular oqaradi. Faqat har kuni bu usulni qo`llash zarar. Shu sabab haftada bir martagina aralashmadan foydalanish mumkin.

3. Agar boshog`riqdan aziyat chekayotgan bo`lsangiz va qo`l ostingizda dori topilmasa, 1 stakan qaynab sovitilgan suvga 1 choy qoshiq tuz qo`shib, iching. 15 daqiqadayoq ta`sirini sezasiz.

4. Kumush qoshiqlar, idishlarni tuzli suvda ivitib qo`ying-da, keyin toza suvda chayib oling. Shunda yaltirab turadi.

5. 1 stakan zaytun yog`ini 2 osh qoshiq tuz bilan aralashtirib, oyoqlaringizga surting. 15 daqiqadan so`ng iliq suvda yuving. Shunda oyoqlaringiz yumshoq bo`lib, undagi yoriqlardan xalos bo`lasiz.

Шарҳлар