Му5
50

Qishning bir kuni

Mutolaa 15.01.2018, 11:12
2737
Qishning bir kuni

“Siz dunyodagi eng yaxshi oyisiz”

Eshikning “tars” etib yopilgani Nafisaning yuziga bir shapati urgandek bo`ldi. Bir dam eshik yonida turib qoldi so`ng qarshisidagi ko`zguga istehzoli jilmaydi. O`zini bosdi, mayli hali bola-da, dedi o`ziga va oshxonaga yo`naldi. Ichkari uydan chiqib kelgan Komil bo`yinbog`ini to`g`irlarkan xomush tortib qolgan Nafisadan:

— Nima gap? – deb so`radi.

— Hech gap yo`q, Bonu maktabga choy ichmay ketdi. Uxlab qolibman, shunga jaxl qildi, – dedi yong`oqlarni idishga solarkan. So`ng qo`shib qo`ydi. – Kecha yarim tungacha hisobotlarni tayyorlagandim, bugun topshirishim kerak edi, – dedi u eriga choy qo`yib uzatarkan. – Egulik berib yubordim-u, lekin baribir nonushta qilmay ketdi-da, – dedi ko`ngli buzilib.

— Ha, mayli. Pul berdim, biron narsa olib eydi, xavotir olma. Tezroq choyingni ich, – dedi eri qo`lsoatiga qarab.

— Oyi, nimaga vaqtliroq uyg`onmadingiz? – dedi yuzini ayvon ustinida mixga ilingan sochiqqa shosha-pisha artib. Onasi oshxonadan kosa to`la sutlarni ko`tarib chiqarkan;

— Ha bugun ozgina kech qolasan, qizim. Hech narsa qilmaydi, tez choyingni ichib ol, – dedi tandirxonaga oshiqarkan.

— Uf-ff, – dedi, jig`ibiyroni chiqib, jahl bilan xona derazani ochdi. — Oyi non yo`qmi, nonsiz qanday choy ichaman, – dedi. Oyisi tandiriga bir qarab oldi-da, so`ng dasturxon boshiga kelib qorakuya tekkan qo`llarini yarim artib, qotgan non bo`laklarini kosadagi sutga to`g`rab dedi:

— Buzoq o`lgur bo`shalib, tomorqa eshigidan chiqib ketibdi. Topib kelib molxonaga kirguzganimcha halak bo`ldim. Aksiga olib dadang ham navbatchilikda edi. Hozir non pishadi, qizim. Shuni eb turgin, – deya ostonada ichiga qor parchalari kirgan kalishini tezda oyog`iga ilarkan.

— Keling, Nasiba opa. Yaxshimisiz, tinchlikmi? – dedi. Shu payt Nafisa eshik ortida oyisining:

— Shohida yaxshimisiz, uzr bezovta qildim. Ertalab Nafisa choy icholmay ketgandi, shunga mana bu kulchalarni berib qo`ying, iltimos, – degan ovozini eshitdi. So`ng oyisi Nafisaga qarab: – Qizim o`rtoqlaringga ham ber, eb olinglar xo`pmi, mayli bolam men ketdim, – dedi. Ustozi qo`lidagi ro`molga tugilgan kulchalarni Nafisaning yoniga qo`yarkan, unga ma`noli qarab qo`ydi. U bo`lsa bir qizarib, bir oqardi. Sinfdoshlari yonida hijolat bo`lgandek, go`yo hamma unga “haliyam yosh bolamisan” deyayotgandek tuyuldi. Bu holatni sezgan o`qituvchisi uning yoniga kelib, o`quvchilarga yuzlanib shunday dedi:

— Qaranglar, qanday onalarimiz bor bizning. Ortimizdan xavotir olib, emay ketdi deb ilinj bilan keladigan faqat bizning onajonlarimiz bo`lsa kerak, shundaymi? Hamma birvarkayiga “shunday” deb tasdiqlagach, o`qituvchisi Nafisaga sekingina:

— Mana senga “Qishning bir kuni”, – dedi jilmayib. Nafisa esa engil tin oldi.

— Alo, tinchmisan, kayfiyating yaxshimi? – dedi Komil Nafisaga hazil aralash.

— Ha, rahmat, – dedi Nafisa ham hol-ahvol so`rab.

— Bonuga qo`ng`iroq qilmadingmi?

— Yo`q, gaplashdingizmi?

— Ha, qo`ng`iroq qil, kutayotgan ekan, – dedi eri.

— Assalomu alaykum, oyijon...

— Vaalaykum assalom, keldingmi qizim. Ovqatlandingmi?

— Ha, oyijon... Meni kechiring, sizni xafa qilib qo`ydim boya. Bilasizmi, hozir qo`limda nima bor. Sizning sharfingiz. Uni quchoqlab turib o`yladim. Siz eng yaxshi oyisiz, sizni yaxshi ko`raman, – dedi qizi yig`lamsirab.

Tashqariga chiqishlari bilan uning yuziga qor urildi. Voy, axir bugun qishning birinchi kuni-ku. Eldek elib o`tayotgan vaqt birpasda umriga navbatdagi qishni tuhfa etdi. Borliq billur tush ko`rayotgandek. Daraxtlarda junjikib turgan qushlarning qoramtir ranglarigina ko`zga tashlanadi. Hammayoq oppoq. Tavba, ertalab derazadan qaramabdi ham. Dekabr – oppoq xayollar fasli, dedi o`zicha entikib.

Ishga ketar ekan, oq harir libos kiygan tabiatdan zavqlanib qorbo`ron o`ynashga kirishgan bolakaylarni ko`rib, bolaligi yodiga tushdi. Uning ham eslasa eslagulik, shodlikka to`liq bolaligi bor. Shu tobda Bonu nima qilayotgan ekan. Yoshi o`nga to`lib, uncha-muncha narsani tushunib qolgan, g`ururi, qat`iyati kurtak yoyyayotgan qizalog`ining ertalabki ishidan ko`nglida bir qirindi o`tdi-yu, lekin indamadi. Qarang-a, qaytar dunyo deganlari shu ekan-da, deya o`zicha kulib qo`ydi. U ham bir paytlar onaizorini shunday tang holda qoldirgan, dilini og`ritgan edi...

Onasining derazadan “turaqol qizim, maktabga kech qolasan”, degan gapidan ko`zlarini erinibgina ochgan Nafisa devordagi soatga qaradi. O`n beshtakam sakkiz. Sapchib o`rnidan turdi. Ustiga hech narsa kiymay tashqariga chopdi. Hammayoq qor, kechagi izg`irin borliqda shunday iz qoldirgan, hovlida qor kuralgan yo`l ham pardek qorga to`lib borardi. Aslida Nafisa qishni yaxshi ko`radi. Zumrad bu faslning har bir onidan zavqlanadi. Ammo bugun kayfiyati yo`q. Shuning uchun birinchi qor ham tatimadi. Yuz-qo`lini obdastadagi iliq suvga chayar ekan, oshxonada sut pishirayotgan onasiga:

Nafisa apil-tapil kiyinib, dasturxon yoniga keldi. Qarasa non yo`q.

Nafisa esa bir kosada bo`tqadek bo`lib turgan sutga, bir derazadan tandirga non yopishtirayotgan onasiga qaradi-yu, popkasini elkasiga ilgancha darvozaga yo`naldi. Shu lahzada qotgan non egisi kelmas, uning uchun kuymalanayotgan onasiga araz qilish bilan go`yoki xovuri bosiladigandek edi. shu bois hovli eshigini “taraq” etib yoparkan, ortidan onasining “Qizim, shoshmasangchi, non pishadi-ku hozir” deganiga quloq osmadi. Ortiga qaramadi ham. Bir qarich bo`lib yoqqan qorni “g`arch-g`urch” etib bosgancha maktabga ildamladi. (Bechora onasi uning ortidan qanday boqib qoldi ekan-a. Mushtdekligidan katta qilgan qizining dilozorligidan, qahri qattiqligidan qanchalar diltang bo`lgandir o`sha onda. Shoshib-pishib tandirga bosib olgan kafti jizillab achishayotganligini ham, qorakuya tekkan barmoqlarini ham sezmagan, o`y xayoli nonushta qilmay katta ko`chada ketib borayotgan qizida bo`lgan jonsarak onajoni. O`shanda undan kechirim so`raganmidi... Eslolmadi.)

Eski maktab binosida pechka yoqilardi. Nafisa qo`lqoplarini pechka ustiga qo`lbola tarzda o`rnatilgan yog`och dorga ilib qo`ydi-da sinfxonaning katta derazasi yonidagi partaga sekin cho`kdi. Dars boshlandi. Adabiyot fani o`qituvchisi o`quvchilarga darsda “Qishning bir kuni” mavzusida erkin insho yozishni buyurdi. Nafisa insho yozishga darrov kirishib ketgan sinfdoshlariga bir-bir qarab chiqdi-da, ruchkasini o`ynatib ancha o`tirdi. Hadeganda xayoliga jo`yali fikr kela qolmadi. Adabiyotdan she`r, hikoya yozish, yodlash bormi tengqurlariga so`z bermaydigan Nafisa bugun negadir jim. Miyasiga tuzuk bir gap kelmayapti. Boshi ham bir oz aylanib turibdi. Shu o`zi choy ichmay kelgani yomon bo`ldi-da. Och qorinda ijod qilib bo`ladimi axir? Xayoling ovqatda bo`lsa, qalaming ham siljimas ekan. Qolaversa, ortidan oyisi ham ranjib qoldi. Ertalabdan shunday dilxiralik qilganingdan keyin, qanday qilib yozish mumkin. Nafisa shunday o`ylar girdobida o`tirarkan, shu tobda sinfxona eshigi qiya ochildi. O`quvchilar bosh ko`tarib, eshikka qarashdi. O`qituvchisi ham ko`zoynagi ustidan avvaliga hayron bo`lib eshikka tikildi, keyin birdan yuziga tabassum inib:

Bugun shularni eslar ekan, onaizori bolalari uchun naqadar mehribon, xokisor bo`lganligini, o`zi bo`lsa g`o`r, notavon bo`lganligini yana bir karra angladi.

Ishxonasiga kelgach, hisob-kitob, yozuv-chizuvlar bilan bo`lib, tushlik vaqti bo`lib qolganini sezmay qoldi. Soatga qaradi. Bonu maktabdan kelganiga bir soat bo`libdi. Bugun unga telefon qilmadi. Vaqt bo`lmadi desa yolg`on bo`lar. Onalar farzandi uchun 24 soat ish bo`lsa ham fursat topadi, biroq negadir bugun vaqtni bahona bildi. Shu payt qo`l telefoni jarang sochdi, qarasa eri.

Nafisa darhol qiziga sim qoqdi. Undan qizining mayin ovozi eshitildi.

Nafisa jilmayib qo`ydi. Qizini yupatarkan, shu damda uning yoqimli tabassumini his etarkan, qorakuya tekkan qo`llarida kulcha tutgan onaizori ko`z oldiga kelib ketdi...

Nargiza ASADOVA

Шарҳлар