Му5
50

Unutish kerak bo`lgan 15 hissiyot

SUG'DIYONA 16.01.2018, 10:24
3912
 Unutish kerak bo`lgan 15 hissiyot

1. Idealga ishonish hissi

Dunyoda hech narsa ideal (mukammal) emas. Bu mumkin ham emas. Barchasini yanada yaxshiroq qilish mumkin, xolos. Erishib bo`lmaydigan mo`ljalsiz mukammallikka intilib bo`lmaydi. Aks holda tanazzulga yuz tutiladi.

2. Yolg`izlik hissi

Bu hissiyot foydasiz, binobarin bu dangasalik. Dangasalik esa xohish-istakning yo`qligi. Xohish-istaksiz faqat yolg`iz qolish mumkin. Bu paradoks hissiyot.

3. Ahamiyatlilik hissi

Sen ahamiyatli emassan. Ahamiyatlisi shuki, sen nimang bilan boshqalarga ahamiyatli bo`lolasan. Va aksincha, boshqalar senga nimasi bilan ahamiyatli bo`loladi.

4. Kimgadir nimadir bilan majburlik hissi

Sen hech kimga hech narsa bilan majburiyatda emassan. O`zing bundan mustasnosan. Bu fakt. Uni inkor etib bo`lmaydi.

5. Kutish hissi

Hech kimni va hech nimani kutma! Yangi manzillarni, boshqa imkoniyatlarni qidir. Doim boshqa rejang bo`lsin. Kutish bu — dangasalarning qismati.

6. Kimdir senga nimadir berishi kerakligi hissi

Hech kim senga hech nimani bermaydi. Shu mantiq bilan sen kimgadir nimadir berishda majburiyatda qolasan. Sen ahir hech kimga hech nimada majburiyatda emassan-ku?!

7. Umidsizlik hissi

Umidsizlikni unut! Kayfiyatingni ko`tar! Faqat bahra ol! Nimani istashsa, shuni qilma, balki sen nimani istasang, shuni qil.

8. Qo`rquv hissi

Qo`rquv va o`zini himoya qilish bir-biridan farq qiladi. Sen qo`rqar ekansan, harakatsizsan. Harakatsizlik esa dangasalikdir. Dangasalik bu — yolg`izlikdir. Davomini o`zing bilasan.

9. Qobiliyatsizlik hissi

Inson o`rganuvchan. Har narsaga va har doim o`rganadi. Agar bunday bo`lmasa, u inson emas.

10. Mas`uliyat hissi

Bu hissiyot bo`lishi kerak emas. Bu fakt bo`lishi kerak.

11. Xafalik hissi

Xafa bo`lma. Xafa qilganlar odamlar, xolos. Ularning ishi senga pand berish.

12. Uyalish hissi

Agar sen hammasini to`g`ri qilgan bo`lsang, uyalishing kerak emas. Agar kimdir nimanidir noto`g`ri qilgan bo`lsa, xafa bo`lma. Uyalish bilan sen xafa bo`lishni aralashtirib yuboryapsan.

13. Muhabbat hissi

Muhabbatni ba`zida unutishni ham o`rgan. U seni haqiqatdan muhim narsalardan chalg`itadi. Esingdami, bu olamda ideal yo`q.

14. Tanlash imkoni yo`qligi hissi

Tanlov mavjud emas. Agar bunday bo`lmasa, unda tanlama.

15. Vahima hissi

Eslab qol, hamma narsaning oxiri bor. Sen hayot ekansan, barcha ortiqcha narsalardan xalos bo`l.

Munisa ALIEVA tayyorladi

Шарҳлар