Му5
48

Iroda To`laganova: «G`alaba quvonchini faqat onalik baxti bilan solishtirish mumkin»

SUG'DIYONA 16.01.2018, 11:47
2604
Iroda To`laganova: «G`alaba quvonchini faqat onalik baxti bilan solishtirish mumkin»

Iroda To`laganovaning ulkan g`alabalarini butun mamlakat kuzatgan. «Katta dubulg`a» turnirining yoshlar o`rtasidagi bahslarida bir necha bor g`alabani qo`lga kiritgan yosh Iroda millionlab o`zbek qizlarining ibrat manbaiga, o`zbek sportining umidiga aylandi. Іozir esa Iroda yoshlarga ustozlik qilish va o`g`lini tarbiyalash kabi shirin tashvishlar bilan yashamoqda.

Mashhur sportchi Iroda To`laganovani nafaqat O`zbekistonda, balki butun dunyoda yaxshi bilishadi. Katta muvaffaqiyat Irodaga 1999 yildayoq nasib etdi, o`shanda u Uimbldon turnirining qizlar o`rtasidagi bahsida hamda tennis bo`yicha AQSh ochiq chempionatida g`alaba qozongan. Shuningdek, qizlar o`rtasidagi Butunjahon o`yinlari (Moskva) g`olibi bo`lgan edi. 2000 yili Iroda Tashkent Open chempionatining oltin medalini qo`lga kiritdi, 2002 yili esa qizlar o`rtasida Osiyo chempioni bo`ldi. Irodaning katta g`alabalari 1990-yillar oxiri 2000-yillar boshiga to`g`ri keldi. Bugun Iroda O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatga sportchi, xalqaro toifadagi sport ustasi, tennis bo`yicha ayollar terma jamoasining bosh murabbiyi. «Shuhrat» medali va «O`zbekiston iftixori» faxriy unvoni sohibi.

Mana 10 yildirki u katta tennisda ishtirok etmaydi, xalqaro musobaqalarda ko`rinmaydi, ammo harakatdan to`xtagani yo`q. hozirda o`z tennis maktabi bor. Ammo eng katta yutug`i 4 yashar o`g`li Parisning sevimli onasi ekanligi va unga uka-singillar olib kelish orzusi borligi. «Farzandimning tug`ilishi men uchun katta baxt bo`ldi, bu tuyg`u eng yorqin g`alaba nashidasi bilan teng. Bugungi kunda men uchun baxt — sevimli ishim bilan shug`ulanish, o`g`limni tarbiyalash, kelajak uchun rejalar tuzish...» deydi tennischi.

Endigina sportga qadam qo`ygan onlaringiz butun umringizni unga bag`ishlashingiz haqida o`ylaganmidingiz?

— Albatta 9 yoshimdan tennis bilan shug`ullana boshlagan qizaloq katta rejalarni tuzishga qodir emas. Ammo ilk g`alabalarim ilhom bag`ishlab, o`sha paytdayoq sport mening hayotim ekanini anglay boshladim. Butun faoliyatim davomida meni tennis o`ynash va g`alaba qozonish ishtiyoqi ruhlantirib turdi. Albatta, muvafaqiyat yaxshigina daromad ham keltiradi. Ammo doim g`alabaning o`zi, unga intilish, hammadan yaxshiroq bo`lish istagi birinchi o`rinda turgan. Mening bosh murabbiyim — otam edi, u professional bokschi, onam esa voleybolchi bo`lgan. Ularning g`amxo`rligi va qat`iyatisiz men hozirgi cho`qqilarni zabt eta olmasdim.

Iroda, 12 yillik sportchilik faoliyatidan so`ng qo`lingiz shikastlanib tennisni tak etishga majbur bo`ldingiz. Bu davrni qanday o`tkazdingiz?

— Ha, chindan ham qo`lim shikastlangani uchun 3 yilgacha sportni tark etishga to`g`ri kelgan. Ammo u paytlar tinimsiz mashg`ulotlar, musobaqalar, safarlar, uyqusizlikdan shunchalik charchagan edimki, bu tanaffus menga katta quvonch baxsh etdi. Va nihoyat men dam olish, yaqinlarim bilan vaqt o`tkazish, kafelarga borish, go`zallik muolajalarini o`tkazish imkoniyati tug`ilganidan mamnun edim. Qo`lim tuzalgach sportga qaytish oson kechmadi. Chunki yana hammasini boshidan boshlash, qaytadan yuqoriga ko`tarilish kerak edi. Ammo bu yo`ldan avval ham o`tganim uchun yana uddaladim.

O`shanda bir kun kelib katta sportni tark etishingiz haqida o`ylaganmisiz? Agar shunday bo`lsa nima bilan shug`ullanishni rejalashtirgansiz?

— Hech qachon sportni butunlay tark etishni rejalashtirmaganman. Shuning uchun faoliyatimni tugatgach yosh avlodga mahorat sirlarini o`rgatishga qaror qildim. O`zimning tennis maktabimni ochishni istagandim va ochdim ham. Yaqinda tarbiyalanuvchilarim Turkiyadagi xalqaro turnirda qatnashdilar, endi Qozog`istonda o`tkaziladigan xalqaro turnirga tayyorlanyapmiz. Shuningdek, moda biznesi bilan ham shug`ullanish, o`zimning liboslar turkumimni yaratish istagim bor. Faqat hozircha bu rejam biroz to`xtab turibdi, chunki sport formasini ushlab turish uchun kortga chiqishim, tennis olamidagi o`zgarishlarni kuzatib borishim kerak.

Sport mashaqqatlarini o`z tajribangizdan bilganingiz holda o`g`lingizning sportchi bo`lishini istaysizmi?

— U endigina 4 yoshda. Hozir kelajakda kim bo`lishi haqida biron nima deyish mushkul. U bilan o`tayotgan har bir daqiqamdan lazzatlanaman. Albatta, bolaning hayotida sport bo`lishi kerak, o`g`limning hayotiga ham bir kun u kirib keladi. O`shanda farzandimg har tomonlama yordam beraman. Unga o`zim bosib o`tgan yo`lni ravo ko`rmayman, lekin o`zi shuni istasa, qo`llayman.

Endigina sportga qadam qo`yayotgan qizlarga nima tilagan bo`lardingiz?

— Asosiysi — mehnatkashlik. Mendan «Qachondir O`zbekistonda ikkinchi Iroda To`laganova paydo bo`ladimi?» deb so`rashadi. Balki bo`lar, chunki tennisda iste`doli qizlar ko`p, ammo... Buning uchun ko`p narsalar bir nuqtada jamlanishi kerak: bolaning istagi, ota-onaning ko`magi va qat`iyati, homiylar va malakali murabbiylar. Shundagina katta muvaffaqiyatga erishishi mumkin.

Suriya MAGDEEVA suhbatlashdi.

Шарҳлар