Долзарб мавзулар Foto

Ikkinchi turmush ostonasida...

Бўлимлар: Mutolaa
Теглар:
Добавлено: 17.01.2018, 12:04

«Taqdir ekan, turmush o`rtog`im bilan hali farzandli bo`lishga ham ulgurmasdan ajrashdik. Uydagilar mening qismatimdan xavotirlanishib, ikkinchi bor turmush qurishimni istashardi. Bir nomzod ham topildi, aqlli, ziyoli, kelishgan erkak. Uchrashdik, birinchi taassurotim yaxshi edi. Unga ham manzur kelganman shekilli, telegram orqali yoza boshladi. Avval shunchaki hol so`rashdan boshlangan suhbat bora-bora dildan hamrozlikka aylanib ketdi. Ikkimiz ham o`tmishimiz, avvalgi turmushimiz haqida ko`p gapirardik. U sobiq xotinidan nolirdi, men sobiq erimdan. Oradan yarim yilcha fursat o`tdi. Kattalar to`y haqida gap ochishsa, ikkalamiz ham keyinroq derdik. Suhbatlarda esa «sobiq»larimizni g`iybat qilishdan ortmasdik. Oxiri u ham, men ham bir narsani anglab qoldik: bizning avvalgi turmushimiz hali tugamabdi, biz hamon ko`z ochib ko`rgan yorlarimizni sevar ekanmiz. Shuning uchun ular haqida ko`p eslar va gapirarkanmiz. Mana endi, u xotini, men esa erim bilan yarashib yashab ketdik. Har kimga ko`z ochib ko`rgani bilan qo`sha qarish nasib etsin».

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA