Долзарб мавзулар Foto

Quyiltirilgan sutdan tayyorlanadigan «Zebra» pirogi

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар:
Добавлено: 20.01.2018, 08:57

Zarur masalliqlar: 170 gr. un, 150 grammdan quyiltirilgan sut va sariyog`, 90 gr. shakar, 3 dona tuxum, 1,5 osh qoshiq kakao, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, bir chimdim vanilin.

Tayyorlanishi: 1. Xona haroratida yumshatligan sariyog`ni shakar bilan ko`pirtiring.

2. Tuxumni bittadan qo`shib, ko`pirtirishda davom etamiz.

3. Quyiltirilgan sutni ham sariyog`li aralashmaga solgach, bir ko`pirtirib olib, un, vanilin va xamiryumshatgichni qo`shamiz.

4. Krem quyuqligida xamirni teng ikkiga ajrating. Biriga kakao, ikkinchisiga 1 osh qoshiq un solish kerak.

5. Pirog qolipiga pishiriq qog`ozini joylab, ustidan avval oddiy xamirni, keyin kakaolisini va yana oddiy xamirni soling. Yuzasini tekislang-da, 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqaga qo`ying. Istakka ko`ra pirogni eritilgan shokolad va qand upasi bilan bezatish mumkin.

8 kishilik

1 soat

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA