Долзарб мавзулар Foto

Qiymali shampinonlar — kechki taom uchun ajoyib taklif

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар:
Добавлено: 22.01.2018, 16:25

Zarur masalliqlar: 6 dona bedana tuxumi, yarim kg. shampinon, 120 gr. tovuq go`shti, bitta piyoz, 50 ml. qaymoq, 30 gr. pishloq, 2 osh qoshiq o`simlik yog`i, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni mayda to`g`rab, o`simlik yog`ida qizartirib oling. 3-4 ta parraklangan shampinonlarni va to`rtburchak shaklda to`g`ralgan tovuq go`shtini qizargan piyozga qo`shib, qovurishda davom eting.

2. Masalliqlarga tuz, ziravorlar, qirg`ichdan chiqarilgan pishloq va qaymoqni qo`shib, 5-8 daqiqaga dimlab qo`ying.

3. Qo`ziqorinlarning qolgan qismini suvda chaying-da, qiyma solinishi uchun ichini bo`shating.

4. Shampinonlarning ichini qiyma bilan to`ldiring. So`ng har birining ustidan tuxum chaqing.

5. Qiymali qo`ziqorinlar 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishiriladi.

4 kishilik

35 daqiqa

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA