42

Yo`taldan tez xalos bo`lay desangiz...

Salomatlik 23.01.2018, 11:20
2388
Yo`taldan tez xalos bo`lay desangiz...

Sut – yo`talni davolovchi eng samarali vosita. U tomoq yallig`lanishini bartaraf etadi, balg`amni ajratishga va chiqarishga yordam beradi. Yo`tal paytida sigir va echki sutlarini qaynatib, iliq holda ichish juda foydali. Yo`tal juda kuchli hollarda, yarim litr sutga bir boshcha sarimsoq va 2 dona maydalangan piyoz qo`shib, 10 daqiqa davomida qaynatiladi. Hosil bo`lgan suyuq bo`tqaga yoqimli ta`m berish uchun ozroq asal qo`shiladi va kuniga 1 osh qoshiqdan 4-5 mahal qabul qilinadi.

Saryog`li sut. Iliq sut va saryog` quruq yo`talni yumshatishga va tomoq qichishishini bartaraf etishga yordam beradi. Bir stakan sutga 50 gramm saryog` solinadi va uyqu oldidan qabul qilinadi.

Bananli sut – yo`talni davolovchi eng mazali vositadir. Banan bo`tqasimon qilib maydalanadi, kakao kukuni, qaynoq sut va asal qo`shilib, blenderda yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo`lgan qiyom kechki payt qabul qilinadi.

Комментарии