Долзарб мавзулар Foto

Sholg`om eng, kasallik nimaligini bilmaysiz!

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар:
Добавлено: 23.01.2018, 13:05

Qadimdan ko`pgina xastaliklarga davo sifatida iste`mol qilinadigan sholg`omning og`riq qoldiruvchi, yaralarni bitiruvchi, shamollashlarga qarshi kurashuvchi, peshob haydovchi va antiseptik xususiyatlari bor. Sholg`om vitamin S, V1, V2 ga, kletchatka, karotinga juda boy.

Xalq tabobatida keng qo`llaniladi

Xalq tabobatida sholg`om va uning sharbatidan yo`tal, ovoz bo`g`ilishi, ast¬ma kasalliklarini davolashda foydalanilgan. Sholg`om iste`mol qilinganda asablarni tinchlantiradi, yurak ishini me`yorga soladi. Ibn Sinoning «Tibbiy o`gitlar» asarida sholg`om haqida shunday deyiladi: «Semiz go`sht bilan pishirilgan sholg`om ko`krakni va tomoqni yumshatadi. Sholg`omning qaynatmasini podagra kasaliga qo`yilsa, ko`p manfaat etadi, go`sht bilan qaynatilgani esa belni qizdiradi, siydikni haydaydi. Uning yaprog`ini eyilsa ham siydikni yurishtiradi».

Sholg`om ichaklarga salomatlik bag`ishlovchi ajoyib vosita. Biroq ichaklarda yallig`lanish kuchayganda, o`tkir va surunkali gepatit hamda xolesistitda, markaziy asab tizimi kasalliklarida sholg`om iste`mol qilish tavsiya etilmaydi.

Sholg`omli muolajalar

— Sholg`om burun bo`shlig`idagi hamma shilliqlarni tozalab chiqarib tashlaydi. Uni kuniga ikki marta yarim qadoqdan (200 g) qirg`ichdan o`tkazib, xomligicha iste`mol qilinadi. Kamida bir soat boshqa narsa emaslik, ichmaslik lozim. Bunday davolanish jarayonida har kuni 2 marta ikki piyoladan qatiq ichish kerak. Qovuriligan, yog`li ovqatlar, kabob va sut vaqtincha iste`mol qilinmaydi. Burunga kamida ikki marotaba 2-3 tomchidan sholg`om suvini tomizish kerak.

— Go`sht bilan qaynatilgan sholg`om kuchli oziqa bo`lib, me`dada uzoq vaqtgacha qoladi. Sholg`om qaynatmasi isitma baland bo`lganda hamda yurak bezovtalanganda juda yaxshi shifo hisoblanadi. Buning uchun 2 osh qoshiq maydalangan sholg`om ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 15 daqiqa qaynatiladi. Sovigach, isitmani tushirish uchun chorak stakandan ichib turiladi.

— O`pka va nafas yo`llari kasalliklarini davolashda sholg`om yaxshi natija beradi. Sholg`om suvining shakar yoki asal bilan aralashmasi yo`tal qoldiruvchi vosita hisoblanadi. Buning uchun sholg`om suvidan kuniga 3-4 mahal bir osh qoshiqdan ichish lozim. Sholg`omdan tinchlantiradigan dori tayyorlash uchun bir osh qoshiq maydalangan sholg`om ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 1 daqiqa qaynatiladi. Bunday qaynatmadan uyqu oldidan bir stakan ichilsa, tinchlantiruvchi dori sifatida ta`sir ko`rsatadi.

— Xalq tabobatida uyqusizlikni davolashda ham sholg`omdan foydalaniladi. Foydalanish uchun 2 oshqoshiq to`g`ralgan sholg`om ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 15 daqiqa qaynatiladi va chorak stakandan ichiladi.

  • Tomoq og`riganda sholg`om qaynatilgan suv bilan g`arg`ara qiling. Eziltirib pishirilgani simillab og`riyotgan joylarga bosilsa, foyda qiladi. Uy sharoitida sholg`omdan qaynatma tayyorlash unchalik qiyin emas. Ikki osh qoshiq mayda to`g`ralgan sholg`om ustiga bir stakan suv quyib, 15 daqiqa qaynatiladi. Shamollaganda chorak stakandan ichib turiladi.
Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA