42

Yong`oq — mastopotiyada foydali

Salomatlik 26.01.2018, 09:18
1869
Yong`oq — mastopotiyada foydali

Miyaga va belga quvvat bo`lgan yong`oqning foydali jihatlari nihoyatda bisyor. Aqliy mehnat, sport bilan shug`ullanuvchilar, albatta, ovqat rasionlariga yong`oq qo`shishlari tavsiya etiladi. Undan tashqari, uning tarkibi yodga boy.

Agar organizmingizni vitamin S bilan to`yintirishni istasangiz, kuniga 5 dona yong`oq iste`mol qilsangiz kifoya.

Kunda iste`mol qilingan 2 dona yong`oq esa xotirangizni yaxshilaydi. Yong`oqning yoniga mayiz, asal ham qo`shsangiz, ular birgalikda yurak mushaklarini baquvvatlashtiradi, asal esa immun tizimini mustahkamlaydi.

Yong`oq mastopatiya bilan og`rigan ayollar uchun foydali.

Yong`oqning yog`i teridagi yaralarni tezroq bitishiga yordam beradi.

Mumkinemas: allergiya, kolit, enterokolit, neyrodermit, ekzema, psoriaz va boshqa teri kasalliklarida mumkin emas. Bundan tashqari, yong`oqni ko`p iste`mol qilish bosh og`riq, og`izda toshmaning paydo bo`lishiga, bodomsimon bezlarning yallig`lanishiga olib kelishi mumkin.

Комментарии