Му5
48

Asalli pirogni yangicha usulda tayyorlang

SUG'DIYONA 26.01.2018, 14:33
3003
Asalli pirogni yangicha usulda tayyorlang

Zarur masalliqlar: 6 dona tuxum, 160 gr. shakar, 2 osh qoshiqda asal, 200 gr. un, 200 gr quyultirilgan sut, yong`oq, 1 choy qoshiq iste`mol sodasi.

Tayyorlanishi: 1. Tuxum, shakar, asal va iste`mol sodasini chuqurroq idishga soling-da, 10-15 daqiqa davomida o`rta olovda aralashtirib turing.

2. Masalliqlar solingan idishni olovdan oling va oz-ozdan un qo`shing. Quyuq smetana ko`rinishidagi xamirni gaz pechi patnisiga joylang.

3. Pirog korji 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30-35 daqiqa davomida pishirib olinadi

4. Pishgan korjni sovuting. So`ng o`rtasidan ikkiga bo`ling.

5. Quyultirilgan sutga maydalangan yong`oqni aralashtiring. Korjning har ikkala qismiga krem surtib, yopishtiriladi. Pirog ustini krem bilan bezab, xohlang yong`oq, xohlang qirg`ichdan chiqarilgan shokolad qirindisini sepib chiqing.

50 daqiqa

8 kishilik

Шарҳлар