Му5
46

Bir xil odamlar haqida ikki xil fikr yoki... xulosa sizdan

Mutolaa 27.01.2018, 02:20
3962
Bir xil odamlar haqida ikki xil fikr yoki... xulosa sizdan

- Qizingiz yaqinda turmushga chiqqan edi. Hayoti qanday kechayapti ?

- Qizimni baxti bor ekan, shunday yaxshi yigitga turmushga chiqdi. Kuyovim qizimni juda yaxshi ko`radi, qo`lini sovuq suvga urdirmaydi, og`zidan nima chiqsa olib beradi, tillo uzuklar, taqinchoqlarni aytmay qo`yaqolay, yaqinda moshina olib berdi. Har kuni ishdan qo`lida gul bilan keladi. Hatto ertalablari qizimni uyqusini buzmaslik uchun sezdirmaygina ishga chiqib ketadi. Ikki yosh juda baxtli hayot kechirayapti. Qizim baxtini topdi, qizimni qadriga etadigan kuyovimdan aylanay...

- Ha, juda yaxshida xursandman, baxtli bo`lishsin.

Haa..aytgancha, o`g`lingizni ham yaqinda uylantirgan edingiz, keliningiz yaxshimikan ?

- Eeeh...so`ramang, o`g`lim bechorani baxti kulmadi, yaxshi xotin chiqmadi kelinim. Ko`ngillari u kishini har kuni birnima xohlaydi, dam tilla taqinchoqlar, dam moshina, dam yangi ko`ylak. Yalqovligini aytmaysizmi. qo`lini sovuq suvga urmaydi, hay hay demasa kuni bilan uxlaydi, hatto o`g`lim bechoraga ertalablari nonushta tayyorlagani ham turmaydi. Bechora o`g`limni topgan puli gulga ketyapdi, har kuni gul ko`tarib keladi, koshki bu xotini shunga arzisa...

Bunaqa kelinni tezroq yo`qotish payidaman, o`g`limni baxtsiz qildi yashamagur...


Шарҳлар