41

Jigarni mustahkamlovchi malhamlar

Salomatlik 29.01.2018, 13:40
3144
Jigarni mustahkamlovchi malhamlar
  • Jigardagi kasalliklarni bahorda davolagan ma`qul, har qanday jigar xastaligini behi suvi yaxshi davolaydi. Buning uchun behi sharbatidan kuniga bir-ikki kosa ichish kerak bo`ladi. Necha kun ichish kasallikning og`ir-engilligiga, eski-yangiligiga qarab belgilanadi.
  • Oshqovoq suvi jigarga nihoyatda foydali, u sariq kasalligining oldini ham oladi.
  • Quruq o`rik (turshak) peshob haydovchi bo`lgani uchun jigar faoliyatini yaxshilashda qo`l keladi.
  • Bodring, sabzi va lavlagi suvini olib, aralashtirib ichilsa, jigar xastaliklarini davolaydi.
  • Jigar qurishi kasalini bartaraf etishda 60 gr. asalga 3 gr. bog` yalpiz suvini qo`shib uch mahaldan ichiladi.
  • Jigar kuchsizligini davolashda za`faron, anor doni va mayizni urug`i bilan chaynab eyish qo`l keladi.
  • Har kuni 3,5 gr. zira iste`mol qilib yurilsa, jigarni mustahkamlaydi.
  • Shirin anor suvini muntazam iste`mol qilib yurilsa, jigar tozalanadi va quvvati ortadi.
  • Baliqni olovda kabob qilib eyilsa, zaiflashgan jigarga juda foydali.
  • Kuniga uch donadan achchiq bodomni asalga qo`shib eb yurilsa, jigar xastaliklariga davodir.
  • O`n besh gramm qovun urug`i yanchib eyilsa, jigardagi tiqinlarni ochadi.
  • Qurutni suvda ezib ichilsa (qurtob) jigar haroratini pasaytiradi.
  • Limon suvini shakarli choyga aralashtirib ichilsa, jigarga quvvat bag`ishlaydi.
  • Kuniga 80-100 gramm shavel eb yurilsa, jigarni mustahkamlaydi.
  • Yigirma gramm semizo`t urug`ini yanchib elakdan o`tkazib, shakarli suv bilan ichilsa, jigar haroratini pasaytiradi.
  • Shirin olma sharbati va anjir jigarni quvvatli qiladi.
  • Xom xondon pista mag`zi jigar sovuqligiga davo.
  • Oshqovoq suvda qaynatib eyilsa, jigar haroratini pasaytiradi.
  • Bir yarim-ikki gramm qalampirmunchoqni yanchib, yangi sog`ilgan sigir suti bilan nahorga ichilsa, jigarga quvvat beradi.
  • Sabzini suvda qaynatib, so`ng u asalga qo`shib eyilsa, qonni tozalaydi va jigarga yordam beradi.
  • Sirka va asal qo`shib eb turilsa, jigar xastaliklariga shifo bo`ladi.
  • Jigari xastalangan bemorlar tovuq go`shti, anor, mayiz, no`xat iste`mol qilishlari, qatiq ichib turishlari kerak.
  • Agar jigaringiz kamquvvat bo`lsa, ravoch ildizini mayda kesib, quritib, havonchada yanchib shisha idishga solib qo`ying-da, undan ertalab eb turing.
  • Jigar og`rig`ini qoldirishda na`matakdan damlangan choy eng shifobaxsh malhamlardan sanaladi.

Комментарии