41

Anor — shifobaxsh gumbaz

Salomatlik 30.01.2018, 12:57
2103
Anor — shifobaxsh gumbaz

Organizmni tozalash uchun

Qonni tozalash uchun yiliga 2–3 marta 3 haftadan yangi siqilgan anor sharbatini iching. Birinchi hafta ovqatlanish orasida yarim stakandan 3 marta, ikkinchi hafta 2 marta, uchinchi hafta kuniga 1 martadan ichasiz.

Shish va safro yig`ilishga moyillik bo`lsa...

Anor sharbatidan stakanning uchdan bir qismini to`ldirib, peshob va safro haydovchi vosita sifatida iching.

Ishtahasizlik bo`lsa…

Ovqatdan 15 daqiqa oldin 1 donaanor yoki 0,5-1 stakan anor sharbatini iste`mol qiling.

Ichak kasalligi...

3 osh qoshiq anor po`stlog`iga 1 stakan qaynagan suv quyib, past olovda yarim soat ustini yopib qaynating. Sovutib kuniga 3-4 kun 50 mldan iching.

Yuqori tana harorati, tumov va tomoq og`rig`ida

1 stakan anor sharbatiga ozroq asal qo`shib iching.

Gijjalar...

Kuniga 30 gr. anorning qurigan po`stlog`ini tuyib, tayyorlangan kukun issiq suv bilan ichilsa, gijjalarni yo`qotadi.

Hayz siklining buzilishi...

Tuxumdonlar estrogen gormonlarini me`yorida ishlab chiqarishini istasangiz, hayzning yoki har oyning 7–10 kunlari 1 stakandan anor sharbati iching.

Комментарии