41

Limonning siz bilmagan foydalari

Salomatlik 01.02.2018, 16:51
3396
Limonning siz bilmagan foydalari

Mevalar ichida limonning o`z o`rni bor. U o`zida flavonoid moddasini saqlaydi. Flavonoid – viruslar, allergen va konsergenlarga qarshi kurashuvchi yagona biologik modifikator hisoblanadi. Ko`pchilik limonning S vitaminga boyligini biladi. Vengriyalik olim Albert Sent-Derdi limon po`stidan R vitaminini ajratib oldi. Keyinchalik R vitamini – bioflavonoidlarning majmuasi – o`sish jarayonining moddasi, ya`ni kapillyar tomirlarning egiluvchanligini saqlaydi va mustahkamligini oshiradi.

Bu o`z navbatida, S vitamining to`liq singishiga yordam beradi. Qon bosimi kasalliklarida arterial qon tomirlarini kengaytirib, bosimni me`yorda ushlab turadi. Ovqat xazm qilish jarayonida ham faollik ko`rsatadi. Limon o`zida 48.3% kaliy (miya va nerv to`qimalarini oziqlantiradi), 29.9% kalsiy (suyak va tishlarni oziqlantiradi), 4.4% magniy (qonda oqsillarni shakllanishida asosiy rol o`ynaydi). Limonning ta`mi va xushbo`yligi ruhiy zo`riqishda samarali yordam beradi. Aromaterapiyada bo`g`im va terining dam olishiga va qon aylanishining yaxshilanishiga limondan keng foydalaniladi. Limon bilan yuz terisi artilsa, yuz yanada yaxshilanadi. Limon sharbati organizmdagi limfatik tizimni tozalaydi va teri to`qimalarini mustahkamlab qon aylanishini yaxshilaydi. Homiladorlik vaqtida limon iste`mol qilish bolaning suyak to`qimalarini mustahkamlashga hissa qo`shadi. Limonning ovqat hazmida ham foydasi bor, u oqsil, kalsiy va boshqa bir qator vitaminlarning so`rilishiga yordam beruvchi fermentlarni ishlab chiqaradi.

Shuningdek, limon qondagi xolesterin miqdorini kamaytirib, soch to`kilishini oldini oladi. Jigar va o`t qopini yaxshi ishlashiga yordam beradi. Virusli va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda to`laqonli leykositlarni shakllanishiga ko`maklashadi.

Limonni davolashda qanday qo`llaymiz? Shamollash va tomoq og`rig`ida bir choy qoshiq asalga, bitta limon sharbati qo`shiladi, so`ngra bir stakan suvga aralashtirib, har 2 soatda ichib turiladi. Shuningdek yarimta limonga bir bo`lak sarimsoq piyoz qo`shib asal bilan iste`mol qilinsa ham bo`ladi. Olcha sharbati, limon sharbati va suvni har soatda ichib turish sistit kasalligida samarali yordam beradi. Isitmani tushirishda limon sharbatiga qaynoq suvni aralashtirib ichish tavsiya etiladi. Bolalar shamollashida isitmani tushirishda 2 dona limon bo`lagini olib badanga yaxshilab surtish samarali yordam beradi. Limon po`stining tish emalini oqartirishda hissasi beqiyosdir.

Комментарии