42

Tinchlantiruvchi ta`sirga ega yong`oq

Salomatlik 16.02.2018, 13:35
2636
Tinchlantiruvchi ta`sirga ega yong`oq

Hindlar eron yong`og`ini bu yong`oq tinchlantiruvchi ta`sirga ega deb hisoblashadi. Mag`zi qaynatib ichilsa, ilon zahridan himoyalaydi, erkagu ayolning jinsiy quvvatini yaxshilaydi.

Turmush o`rtog`ingizning tamaki chekish odati bilan kurashaverib, zerikkan bo`lsangiz, cho`ntagiga bir siqim eron yong`og`idan solib qo`ying. Qar safar tamaki chekishni ixtiyor etsa, yong`oq esin. Ana shunda yong`oq tarkibidagi triptofan moddasi tamakiga bo`lgan moyillikni asta-sekin so`nib borishini ta`minlaydi;

Eron yong`og`ini muntazam iste`mol qilib borish tanadagi har xil o`sma kasalliklarining rivojlanmay, negizidayoq nobud bo`lishiga sabab bo`ladi.

Eron yong`og`i tish emalini mustahkamlaydi va milk qonashidan asraydi. Mag`zining qaynatmasi esa so`gal va pappilomalarni yo`qotishda kor qiladi. Ushbu yong`oqni kuniga 4-5 donadan bir oy davomida esangiz, kalsiy va temir moddasiga bo`lgan ehtiyoj qoplanib, suyaklar ancha mustahkamlanadi, gemoglobin ham sezilarli darajada ko`tariladi. Uni har oyda uzluksiz bir haftadan eb turish organizmni zaxarli xiltlardan tozalab, immunitetni kuchaytiradi. Bu yong`oqni homilador ayollar ham ko`p eyishlari kerak. Negaki, tarkibidagi E, V va foyliy kislotasi homilaning salomatligi uchun zarurdir.

Комментарии