41

Saratonga qalqon — ismaloq

Salomatlik 09.03.2018, 13:26
2506
Saratonga qalqon — ismaloq

Bu ko`kat fitonutrientlarga boy bo`lgani uchun xavfsizo`smalarning ildiz otishiga yo`l qo`ymaydi. Chunki fitonutrientlar o`smani oziqlantiruvchi mayda qon tomirchalari paydo bo`lishining oldini oladi. Ismaloq, ayniqsa, ichaklar va prostata bezi saratonidan himoyalovchi samarali vosita hisoblanadi. Kuniga 55 gramm ismaloq iste`mol qilsangiz A darmondorisining kunlik miqdorini qabul qilgandek bo`lasiz. O`simlikdagi barcha foydali moddalarga to`liјicha ega chiqishni istasangiz uni ishlov bermasdan, salatlarga qo`shib tanovul qiling.

Kimlarga mumkin emas: ismaloq buyraklarda tuz va toshlar yiјilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun buyrak-tosh xastaliklaridan aziyat chekuvchi bemorlarga ismaloq tanovul qilish tavsiya etilmaydi.

Go`zalligimiz uchun: bir necha dona ismaloq bargini maydalab, unga bir osh qoshiqdan asal va o`simlik moyini qo`shasiz. 2 choy qoshiq maydalangan banan pyuresini ham solib, 10 daqiqaga yuzga surtasiz. So`ng iliq suv bilan yuvsangiz, kifoya. Bu niqob quruq teri sohibalari uchun, ayniqsa, foydali. Yoјli yoki aralash teriga esa 1 dona tuxum oqi bilan bir nechta ismaloq bargini maydalab qo`shilgan niqobdan foydalanish tavsiya etiladi. Mazkur niqoblar lifting ta`sirga ega kremlardan aslo qolishmaydi. Ularni haftada ikki bor qo`llash ko`zlangan natijani tezlashtiradi. Muolajadan so`ng yumshatuvchi krem surtish yoddan chiqmasin.

Комментарии