Ташкент +4° Tue 07:23
Долзарб мавзулар Foto

Toshkentda ikkita nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi foydalanishga topshirildi (foto)

Бўлимлар: Hi-tech
Теглар:
Добавлено: 31.03.2018, 09:34

Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi Fayzobod mahallasida 60 o`rinli “Angels” hamda Ko`hinur mahallasida 50 o`rinli “Qalb nur kids” nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalari foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat va tuman hokimliklari mas`ullari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahallalar faollari va yoshlar ishtirok etdi.

3.JPG

Mamlakatimizda yosh avlodning jismonan sog`lom va ma`nan etuk insonlar bo`lib ulg`ayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarni puxta egallashi uchun barcha sharoit yaratilayotgani ta`kidlandi.

Muassasalar yumshoq va qattiq mebellar jamlanmasi, maxsus krovatlar, musiqa asboblari, turli o`yinchoq va boshqa zarur jihozlar bilan ta`minlangan. Hovlida bolalar o`yin maydonchasi, mo``jaz bog` barpo etilgan. Jamoa malakali tarbiyachi va shifokorlardan iborat.

4.JPG

Bugungi kunda mamlakatimizda uzluksiz ta`lim tizimining muhim bo`g`ini bo`lgan maktabgacha ta`limni rivojlantirish va faoliyatini takomillashtirish, tarbiyalanuvchilar uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning mart oyida xuddi shunday maktabgacha ta`lim muassasasi Bekobod shahri va Chinoz tumanida ham ochilgan edi.

Ayni paytda Toshkent tumanida maktabgacha ta`lim yoshidagi 17 mingdan ziyod bola bor. Hududda faoliyat yuritayotgan 36 maktabgacha ta`lim muassasasi 4 ming 823 tarbiyalanuvchini qamrab olgan.

1.JPG

Joriy yilda viloyat miqyosida davlat-xususiy sheriklik asosidagi 228 nodavlat MTM tashkil etilishi mo`ljallangan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA