Ташкент +4° Wed 04:36
Долзарб мавзулар Foto

Musulmon er yoki ayol boshqa dindagilar bilan turmush qurishi mumkinmi?

Бўлимлар: Hidoyat sari
Теглар:
Добавлено: 07.04.2018, 17:30

Cavol: Musulmon er yoki ayol boshqa dindagilar bilan turmush qurishi mumkinmi?

Javob: Musulmon kishi ahli kitoblarning ayollariga uylanishi joiz. Ahli kitob Tavrot, Injilga e`tiqod qiluvchilardir. Qur`oni karimda: “Bugun sizlar uchun pokiza narsalar halol qilindi. Shuningdek, ahli kitoblarning taomi sizlar uchun halol va taomingiz ular uchun haloldir. Zinokorlik yoki maxfiy o`ynash qilib olish uchun emas, balki mahrlarini bersangiz, mo`mina ayollarning iffatlilari va sizlardan oldin Kitob berilganlarning iffatli ayollari (ham haloldir). Kim, imondan kufrga qaytsa, (qilgan savobli) ishi, albatta, zoe bo`lur va u oxiratda ziyon ko`ruvchilardandir” (Moida, 5), deya marhamat qilingan.

Musulmon kishi otashparast, butparast yoki boshqa shunga o`xshash oy, quyosh kabi narsalarga sig`inuvchilar bilan ham turmush qurishi mumkin emas.

Ammo muslima ayol boshqa dindagilarga erga tegishi mumkin emas (“Hidoya”).

muslim.uz saytidan olindi

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes