Му5
46

Ramazon ne`mati: xurmo haqida 20 fakt

Salomatlik 04.06.2018, 11:07
3410
Ramazon ne`mati: xurmo haqida 20 fakt

Payg`ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Ramazon oyida xurmo bilan og`iz ochganlari hammaga ma`lum. Shu bois aksar musulmonlar ro`za oyida xurmo bilan og`iz ochishni o`zlariga odat qilishgan.

Shifokorlar Allohning oxirgi payg`ambari xurmo bilan bejiz og`iz ochmaganlarini, chunki Qur`oni Karimda nomi ko`p marta zikr etilgan xurmo mevasi salomatlik uchun, ayniqsa, ro`za tutganlar uchun ko`p jihatdan foydali ekanini tajribalar bilan isbotlashgan.

  1. Xurmo yurak, jigar va buyrakni quvvatlantiradi.
  2. Organizmning kislota balansini me`yorida tutib turadi.
  3. Qonga ozuqa bag`shlaydi. Anemiya va gipertoniyada juda foydali.
  4. Immunitetni ko`taradi.
  5. Ichakdagi foydali mikrofloralarning saqlanishini ta`minlaydi.
  6. O`pkining ishlashini yaxshilaydi.
  7. Yo`talni tinchlantiradi. Tanadagi ortiqcha namlikni ketkazadi.
  8. Yurak faoliyatini rivojlantiradi.
  9. Tonusni yaxshilovchi va quvvatlantirovchi vosita sifatida xizmat qiladi.
  10. Davomiy kasalliklardan so`ng, quvvatni qayta tiklaydi.
  11. Jismoniy horg`inlik va charchoqlarda yordam beradi.
  12. Xurmoni qandli diabetga chalinganlar ham iste`mol qilsalar bo`ladi.
  13. Saraton kasalliklarining xavfini kamaytiradi.
  14. Yuz nerv tolalalarining shol bo`lishiga qarshi yordam beradi.
  15. Homiladorlar uchun juda foydali. Tug`ishni engillaydi. Organizmning dastlabki sut ishlab chiqarishida ko`maklashadi.
  16. 1 dona xurmo taxminan 23 kaloriyaga ega.
  17. Ozishni istaganlar shirinlik o`rniga iste`mol qilishlari mumkin.
  18. Miyaning tugal ildizlarini rivojlanishiga hissa qo`shadi.
  19. Miya faoliyatini mukammal darajada yaxshilaydi.
  20. Inson uzoq vaqt ozuqa sifatida faqat xurmoning o`zinigina iste`mol qilishi mumkin. U tanaga kerakli barcha ozuqaviy moddalarni o`zida mujassam etgan.

Шарҳлар