Долзарб мавзулар Foto

Vaqf xayriya jamoat fondiga qancha mablag` kelib tushgani ma`lum qilindi

Бўлимлар: Jamiyat, Hidoyat sari
Теглар:
Добавлено: 08.06.2018, 15:03

“Vaqf” xayriya jamoat fondi hisobiga 25 maydan 5 iyun sanasigacha, ya`ni 10 kunda 18 million so`mdan ortiq mablag` kelib tushgan. Bu mablag`ning 1,9 million so`mga yaqini xayriya uchun, 15,5 million so`mdan ko`prog`i zakot, ushr, fitr va fidya uchun, salkam 584 ming so`mi vaqf uchun o`tkazilgan.

Davlatimiz rahbarining farmoni asosida «Vaqf» xayriya jamoat fondining tashkil etilgani xalqimizning ko`nglidan ishlardan biri bo`ldi. Boisi fondga tushadigan mablag`lar masjidlar va diniy ta`lim muassasalarining binolarini qurish, ta`mirlash, rekonstruksiya qilish, diniy ta`lim muassasalari xodimlari va talablarini, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlashga yo`naltiriladi.

Ayniqsa, ezgulik, sahovat va muruvvat oyi bo`lgan Muborak Ramazon kunlarida yurtdoshlarimiz savob ish qilish, zakot berish kabi xayrli amallarni ixlos bilan ado etmoqda.

Fond tomonidan Payme, Click MBank to`lov tizimlariga ulangandan keyin kelib tushayotgan mablag`lar nisbatan o`sgan.

Qayd etish kerak, hozirgi vaqtda fondga mablag` o`tkazish uchun ko`pchilik masjidlarga infokioskalar ham o`rnatilgan. Bu usulda to`lov qilinganda komissiya uchun pul olinmaydi. Ya`ni, zakot qilgan kishining zakoti shariatda ko`rsatilganidek o`rniga borgunga qadar bir so`m ham kamaymaydi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA