Ташкент +21° Tue 21:32
Долзарб мавзулар Foto

1000 dollar talab qilgan soxta ichki ishlar xodimi qo`lga olindi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 13.06.2018, 11:37

Andijon viloyati IIB Matbuot xizmatining bergan ma`lumotiga ko`ra, Andijon tumanida yashovchi fuqaro O`.X.ga o`zini Andijon shahar IIBda ishlovchi “Eldor” deb tanishtirgan shaxs qo`ng`iroq qiladi. U o`zining turmush o`rtog`iga SMS yozib, u bilan ishqiy munosabatda bo`lib kelayotganligi yuzasidan fuqaro O`.X. ustidan ichki ishlar idorasiga ariza qilganligini va unga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirayotganligini aytib qo`rqitadi.

Kelgusida mazkur holat yuzasidan unga nisbatan chora ko`rmaslik va uni oila a`zolarini oldida sharmanda qilmaslik evaziga, “Eldor” fuqaro O`.X.dan dastlab 1.000 AQSh dollari talab qiladi. O`.X. buncha miqdorda puli yo`qligini aytadi. Shundan so`ng qo`ng`iroq qilgan shaxs ushbu ishlarni ijobiy hal qilish evaziga, O`.X.dan 400 AQSh dollari miqdorida pul berishini, agar talab qilingan pulni bermasa O`.X.ni jinoiy javobgarlikka tortib yuborishini bildiradi.

Olingan tezkor ma`lumotga asosan, joriy yilning 8 iyun kuni Andijon viloyati IIB O`z xavfsizligi bo`limi hamda Jinoyat qidiruv boshqarmasining mas`ul xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazildi. “Eldor” fuqaro O`.X.dan 300 AQSh dollari miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan o`tkazilgan surishtiruv ishlari davomida, o`zini Andijon shahar IIBda ishlovchi “Eldor” deb tanishtirgan shaxs, aslida fuqaro I.M ekanligi, ichki ishlar idoralari tizimida esa umuman faoliyat yuritmasligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

20.08.2018, 12:34
10.08.2018, 11:53

SUG'DIYONA