Ташкент +13° Sun 19:17
Долзарб мавзулар Foto

Umid Ahmadjonov va futbol afsonalari ramziy ma`noda jahon chempionatini boshlab berishdi

Бўлимлар: Sport
Теглар:
Добавлено: 13.06.2018, 12:14

Ertaga Rossiyada to`rt yillikning eng nufuzli musobaqalaridan biri, futbol bo`yicha jahon chempionati start oladi. Shu munosabat bilan ko`zga ko`ringan futbol amaldorlari, yulduzlar, murabbiylar, umuman futbol sohasining mashhur kishilari ayni paytda Moskva shahrida jam bo`lishgan.

12 iyun kuni FIFA Prezidenti Janni Infantino tashabbusi bilan konfederasiyalar o`rtasida o`ziga xos o`rtoqlik turniri tashkil qilindi. Unda FIFAga a`zo barcha Konfederasiyalar vakillari, jumladan UEFA, CONCACAF, AFC, OFC, CAF, CONMEBOL, hamda JCh tashkiliy qo`mitasi vakillari ishtirok etishdi.

Musobaqada dunyo futboli yulduzlari, jumladan uch karra «Oltin to`p» sohibi Marko van Basten, Portugaliya futboli afsonasi Luish Figu, sobiq referi Perluiji Kollina kabi mashhurlarni ham uchratish mumkin edi. Tabiiyki, ushbu uchrashuvda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi Prezidenti va O`zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo futbol konfederasiyasi tarkibida yuqorida sanab o`tilgan futbol yulduzlariga qarshi maydonda to`p surdi. SSKA stadionida tashkil etilgan musobaqa do`stona ruxda, ko`tarinki kayfiyatda bo`lib o`tdi. Turnir katta qiziqishlarga sabab bo`ldi.

Mazkur turnir davomida MOQ rahbari JCh-2018 tashkiliy qo`mitasi rahbari, Rossiya Federasiyasi Bosh vaziri o`rinbosari Arkadiy Dvorkovich bilan ham uchrashdi. Fursatdan foydalanib jahon chempionatiga olib borilgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi, o`zaro fikr almashdi. Albatta, mana shunday do`stona, samimiy uchrashuvlar xalqaro aloqalarni mustahkamlashda, hamkorliklarni rivojlantirishda va albatta kuchli terma jamoalar bilan o`rtoqlik o`yinlari tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eslatib o`tamiz, JCh-2018 bahslari 14 iyun kuni Moskvadagi «Lujniki» stadionida boshlanadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

15.10.2018, 15:38