Ташкент +21° Tue 21:32
Долзарб мавзулар Foto

Londonda ayollar parlament saylovlariga qatnashish huquqini olganiga 100 yil bo`ldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 13.06.2018, 13:31

Londonda ayollarning parlament saylovlarida qatnashish huquqini qo`lga kiritganiga 100 yil to`lishi munosabati bilan tantanalar bo`lib o`tdi. Ma`lumki, insoniyat tamaddunida ayol-erkak munosabatlari turlicha baholangan. Tarix ayollarning barcha huquqlaridan mahrum qilinganini, xo`rlanganini va sotilgan va sotib olinganini biladi.

Taraqqiyot yuksalib borgan sari ayollarga munosabat ijobiy tomonga siljidi. Nihoyat, XVIII asr oxirlariga kelib ilg`or ziyolilarning say-harakatlari bilan “ayollar emansipasiyasi” (ozodligi) yuzasidan kurash avj olib ketdi. Dunyodagi ilg`or mamlakatlardan biri sifatida Buyuk Britaniya kongressi saylovlarida ayollarning vakillari ham nomzod qilib ro`yxatga olindi.

O`tgan yillar tajribasi bunday munosabat qanday natijalar berganini ko`rsatib turibdi. Endilikda ayollar barcha sohalarda katta kuchga aylangan. Londondagi tadbirlarda ana shu uzoq va samarali yo`lning bosqichlari bayramona aks ettirilgan. Turli ko`ngilochar tadbirlar bo`lib o`tdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

20.08.2018, 12:34
10.08.2018, 11:53

SUG'DIYONA