Ташкент +13° Sun 19:17
Долзарб мавзулар Foto

Alisher Fayzning "Janon"dan ilk lavhalar...

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 13.06.2018, 14:16

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Alisher Fayz "Vasling izlab" konsert dasturida kuylagan "Janon" nomli qo`shig`iga doimiy hamkorlari rejissyor Mirmaqsud Ohunov va tasvirchi Muzaffar Yusupov bilan hamkorlikda klip suratga oldi...

Klip trek yo`nalishida suratga olinayotgan bo`lib, konsert dasturida "Janon" qo`shig`iga raqs ijro etgan raqqosa Nafisa Xasanovani ko`rishingiz mumkin.


Alisher Fayz, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist: — Konsertning charchoqlari tarqab, guruhimizdagi qadrdonlar bilan yana ish "ummoni"damiz. Har yili konsert repertuarida klipi bilan taqdim qilinishi kerakligi bilan ajralib turadigan qo`shiqlar bo`ladi. Ijodiy jamoa bilan kelishgan holda bu gal repertuardan bir nechta qo`shiqlarni tanlab olindik. Shulardan biri "Janon". Ish jarayoni nisbatan engilroq kechadigan bo`lgani uchun klip suratga olishni aynan shu qo`shiqdan boshladik. Boisi boshqa tanlangan qo`shiqlarga klip tasvirga olish jarayoni tahminimizga koʻra 3-4 kun vaqt oladi. Nodir Azimov she`ri, Iqbol Muhammad musiqasi bilan kuylangan "Janon" qo`shig`i milliyligi, sevib tinglaydigan eski qo`shiqlarimizni yodga solgani bilan yuragimni "jiz" ettirdi. Klip yo`nalishi va boshqa jihatlarini ijodiy jamoamizdagi qadrdonlarim, o`z ishining ustalariga doimgidek, ishondim. Qolaversa, klip borasida mutaxassis emasman. Shuning uchun o`z kasbining ustalari rejissyor Mirmaqsud Ohunov va tasvirchi Muzaffar Yusupovning tanlovini ma`qulladim. Nasib, tez kunlarda yangi klipimizni muhlislarga havola qilamiz!


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

15.10.2018, 15:38