Ташкент +17° Sun 18:17
Долзарб мавзулар Foto

1-sinfga qabul qilish uchun talab etiladigan hujjatlarga aniqlik kiritildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 13.06.2018, 17:17

Xalq ta`limi vazirligi bolalarni umumta`lim muassasasining I sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan topshirilishi belgilangan hujjatlarni ma`lum qildi.

Hujjatlar ro`yxati quyidagicha:

- ota-onalar tomonidan umumta`lim muassasasi direktori nomiga ariza;

- ota-onalarning fuqarolik pasporti (fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning O`zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi) nusxasi (doimiy propiskasi yoki turgan joyi bo`yicha hisobga olinganligi haqidagi qayd yozuvi ko`rsatilgan holda);

- bolaning tug`ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;

- bolaning sog`lig`i to`g`risida tibbiy ma`lumotnoma;

- bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati.

6-7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq, tayyorgarlik darajasidan qat`iy nazar, tanlovsiz qabul qilinadi, musiqa va san`atga ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari bundan mustasno.

Umumta`lim muassasasi rahbari mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o`z vaqtida umumta`lim muassasasiga o`qishga jalb qilish uchun mas`ul hisoblanadi.

Maktab rahbari umumta`lim muassasalariga bolani o`qishga qabul qilish uchun fuqarolardan hujjat talab qilishda yuqorida keltirilgan normativ- huquqiy hujjatdagi normalarga tayanadi. Direktorning amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilmasligi esa unga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo`llashga asos bo`lishi mumkin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

15.10.2018, 15:38