Ташкент +31° Mon 08:42
Долзарб мавзулар Foto

Samarqandda Mirzo Ulug`bek nomidagi xalqaro olimpiada o`tkaziladi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 20.06.2018, 17:53

Samarqand shahrida joriy yilning 19-23 iyun kunlari umumiy o`rta ta`lim maktablarining 10-11 sinf o`quvchilari o`rtasida fizika va astronomiya fanlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek nomidagi xalqaro olimpiada o`tkaziladi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro tanlovda qatnashish uchun bugun Samarqandga Rossiya, Belarus, Yaponiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkmaniston davlatlaridan vakillar tashrif buyurdi. Ilk bor o`tkazilayotgan xalqaro olimpiadada ushbu mamlakatlar hamda yurtimizning 45 nafar iqtidorli o`quvchilari fizika va astronomiya fanlari bo`yicha bellashadi.

Olimpiada nazariy hamda eksperimental bosqichda o`tkazilib, materiallar o`zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan. Qatnashchilar o`zlari xohlagan tillarda sinovdan o`tadilar.

O`quvchilar bilimi dunyoning taniqli xalqaro darajadagi ekspertlari, Mustaqil davlatlar hamdo`stligi mamlakatlarining professor-o`qituvchilari, yurtimizning tajribali olimlari, amaliyotchi o`qituvchilardan iborat hakamlar tomonidan baholanadi.

G`oliblar va sovrindorlar tashkiliy qo`mita tomonidan oltin, kumush, bronza medallari, diplom va esdalik sovg`alar bilan taqdirlanadi. O`zbekistondan qatnashgan xalqaro olimpiada g`oliblari yurtimizdagi oliy ta`lim muassasalariga imtiyozli o`qishga kirish huquqini qo`lga kiritadi.

Tanlov davomida ishtirokchilarga yurtimizning turizm salohiyati namoyish etilib, Samarqand shahrining diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar uyushtiriladi. Shuningdek, turli ma`anaviy-ma`rifiy tadbirlar rejalashtirilgan.

Bugun kechqurun Samarqand shahridagi “Mo``jiza” amfiteatrida xalqaro olimpiadaning tantanali ochilish marosimi o`tkaziladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии