Му5
46

Shahzoda jonli ijro haqida...

Shou-biznes 02.07.2018, 21:33
Теглар: Shahzoda
170
Shahzoda jonli ijro haqida...

Xonanda Shahzoda jonli ijrodagi konsert berish haqilagi savollarga javob berib o`tdi...

— Amerikalik xonanda Ronni Jeyms Dio “Fonogrammada berilgan kosertga kserokopiya qilingan pul to`lash kerak”, degandi. Bu fikrga qo`shilasizmi?

— (Miriqib kuladi) Uni haq yo nohaq, deyolmayman. Jonli ijro qiladigan xonanda albatta o`z ustida ishlaydi. Bunday hamkasblarimga fonogrammada ishlaydiganlar yoqmasligi aniq. Hamma narsaning o`z vaqti-soati bor. Lekin ishonchim komil, har bir xonanda jonli ijroga etib keladi va yutuqlaridan g`ururlanib yuradi.

— Xonanda Munisa Rizaeva “Xalqlar do`stligi”ning texnikasi talabga javob bermaydi”, degandi. Ovoz rejissyori Igor Iosis esa aksini ta`kidlagandi...

— Munisaning konsertini ko`rganman, qiynalganini sezganim yo`q. Jonli ijrosi menga juda yoqqandi. Aslini olib qarasa, ijodkorning o`zidan ko`ngli to`lmasligi tabiiy hol. “Xalqlar do`stligi"ning texnikasi esa talabga javob beradi. O`zimizda ham, Moskvada ham jonli ijroda ishlab ko`rganim uchun imkoniyatlarni farqlay olaman.

— Munisaning jonli ijrodagi konserti manzur kelganini aytdingiz. Sizning jonli ijrodagi konsertingiz ham muxlislarga manzur kelgan bo`lardi. Nima to`sqinlik qilyapti?!

— (Kuladi) Xudo xohlasa, yuz foizlik jonli ijroda konsert beraman. To`sqinlik bu – o`zimiz va dangasaligimiz. Ochig`i, vaqtim kamligi uchun o`z ustimda ishlashga imkon bo`lmayapti. Texnika va boshqa holatlarni bahona qilish noto`g`ri. O`zini hurmat qilgan istalgan xonanda jonli kuylay oladi, bu aniq.


Шарҳлар

Shahzoda jonli ijro haqida gapirdi...

03.07.2018, 10:53

Xonanda Shahzoda jonli ijroda ijod qilish haqidagi savollarga javob berdi. Uchrashuvdagi qiziqarli savol-javoblarni e`tiboringizga havola etamiz... — Amerikalik xonanda Ronni Jeyms Dio “Fonogrammada berilgan kosertga...
Parizodaning qizi mashhur xonandaning klipida rol o`ynadi

02.07.2018, 22:13

Shahzodaning instagram sahifasini kuzatadigan bo`lsak, ijodiy faoliyatini virtual kuzatish, yangiliklaridan boxabar bo`lib turish mumkin...Misol uchun, xonanda sal kam bir oydan buyon reklama qilayotgan "Jajji qizaloq"...
Ozodbek Nazarbekov, Ulug`bek Rahmatullaev, Shaxzoda va Lolani birlashtirgan loyiha — QO`LINGDA IMKON!

21.05.2018, 09:33

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan 1-iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Qo`lingda imkon” nomli ijtimoiy loyihaga qo`l urildi. Taronani O`zbekiston xalq...
Shahzoda Matchonova Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi bo`ldi!

29.04.2018, 12:16

Shahzoda Matchonova Qirg`izistonda o`tkazilgan xalqaro kinomukofotga nomzod bo`lgani haqida, o`zining instagram sahifasi orqali xabar bergan edi...26 aprel kuni bo`lib o`tgan tadbirdan xushxabar keldi. O`zbek aktrisasi...