42

Yil boshidan O`zbekistonda internet tezligi 1,5 barobar oshdi

Jamiyat 04.07.2018, 15:00
10288
Yil boshidan O`zbekistonda internet tezligi 1,5 barobar oshdi

O`zbekistonda xalqaro internet kanallariga ulanish tezligi coniyasiga 140,034 Gbit.ga etdi. Bu raqamlar 2 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmedxo`jaev raisligida vazirlik Hay`at kengashining yig`ilishida ma`lum qilindi.

Xabarda aytilishicha, yig`ilishda 2018 yilning birinchi yarim yilligida axborot-kommunikasiya texnologiyalarining rivojlanish holati, shuningdek sohaga xorijiy sarmoyalarning jalb etilishi va investision loyihalarning amalga oshirilishi sarhisob qilindi.

Sohada xizmat ko`rsatish ko`lami o`tgan yilning shu davriga nisbatan 118,9 foizga oshgan. Xalqaro internet kanallariga ulanish tezligi coniyasiga 140,034 Gbit.ga etgan. Ya`ni, 2018 yilning boshiga nisbatan 1,5 barobar oshgan (yil boshida 94,034 Gbit/s).

Shuning bilan birga, internet provayderlar uchun xalqaro internet kanallariga ulanish narxi o`zgarishsiz qolgan — 244 985 so`mni tashkil qilmoqda.

Kelgusida xalqaro internet kanallarining o`tkazuvchanligini 8-10 barovarga (sekundiga 1 Tbit) etkazish rejalashtirilgan.

Комментарии