42

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf zamondoshlar xotiralarida

Jamiyat 11.07.2018, 12:39
10384
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf zamondoshlar xotiralarida

Dunyoda o`zining o`tmishini o`rganmaydigan xalq yo`qligi, tarixning shavkatli sahifalarini, olovli onlarini bugungi va kelajak avlodlarga ibrat-namuna sifatida etkazishning ahamiyatini duru javohirlar bilan o`lchab bo`lmasligi barchamizga ayon haqiqatdir.

Xotiralar markazida esa, istaymizmi-yo`qmi, tarixiy shaxslar yuksak qoyalar, tog` cho`qqilari yanglig` qad rostlab turadilar. Davrlar, zamonlar o`tadi, biroq ma`rifatli, ziyoli qalblar nazdida o`sha qoya, o`sha cho`qqilar olis-yaqin moziy yuksakliklaridan nur va ziyo taratib, kelajak avlod yo`llarini yoritib turaveradi.

«Hilol» nashriyoti tomonidan zamonamizning benazir olimi, xalqimizning iftixori, etuk alloma, barkamol shaxsiyat hamda go`zal insoniy xislatlar sohibi bo`lmish fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh haqlarida zamondoshlarimizning xotiralaridan iborat «Muhammadga sodiq Muhammad Sodiq» nomli kitobni nashrdan chiqardi. Kitob joriy yilning 11 iyulidan boshlab sotuvga chiqmoqda.

Комментарии