41

Shifokorlar: “Ko`p suv iching” deyishi sababini bilasizmi?

Salomatlik 21.07.2018, 08:05
4847
Shifokorlar: “Ko`p suv iching” deyishi sababini bilasizmi?

Sog`lom odam kuniga o`rta hisobda 2 litr suv ichishi durust. Bu shifokorlarning tavsiyasi. Miya hujayralaridan tortib vujudimizdagi barcha a`zolar suv ila hayot. Ko`p suv ichsak, tanamizning suv yo`qotishini (degidrasiya) oldini olgan bo`lamiz.

Kofeinsiz (sharbatlar, choy) hamda tuzga boy bo`lmagan ichimliklar suv o`rnini bosishi mumkin.

Kofeinli ichimliklar (achchiq qora choy, qahva) tanada suv yo`qotilishiga sabab bo`lgani uchun, ortidan suv ichib yuborilgani ma`qul.

Suvning vujudimizga foydalari:

-Vujuddagi haroratni mo``tadillashtiradi.

-Jigar va buyraklardagi zaharli moddalarni yuvib ketadi.

- Vujudni jarohatlardan asraydi.

- Hujayra va to`qimalarning bir-biriga yaqinlashishini ta`minlaydi.

- Teri hujayralarining sog`lom ko`rinishiga yordam beradi.

Voyaga etgan insonning tanasida 40-50 litr suv bo`ladi. Qonning 83%, to`qimalarning 75%, miyaning 74%, suyaklar tarkibining 22%i suvdan iborat. Tanadagi suvning 20%i yo`qotilsa, inson o`ladi.

Etarli miqdorda suv ichilmasa:

- Miya sekinlashib, odam dangasalashadi.

- Qon quyuladi.

- Qabziyat yuz beradi.

- Peshob sarg`ayib ketadi.

muslim.uzdan olindi

Комментарии