Долзарб мавзулар Foto

Poytaxt imom-xatiblari savob ishga bel bog`lashdi

Бўлимлар: Jamiyat, Hidoyat sari
Теглар:
Добавлено: 10.08.2018, 11:43

O`zbekiston musulmonlari idorasi topshirig`i bilan Toshkent shahridagi barcha masjidlarning imom-xatib va imom noiblari 7-9 avgust kunlari poytaxtning uch tumani – Sirg`ali, Mirobod va Chilonzor tumanlaridagi barcha mahallalarda xonadonlarga tashrif buyurib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini o`rgandilar.

9 avgust kuni Olmazor tumanidagi “Siroj solih” jome` masjidi imom xatibi Hasanjon Qodirov boshchiligidagi ishchi guruh Sirg`ali tumani “Daryo bo`yi” mahallasi aholisining yashash sharoiti bilan tanishdilar.

33df9bf1-730e-43a8-9e3b-159bcfc42ff7.jpg

Tadbir davomida fuqarolarning muammolari, taklif-mulohazalari o`rganilib, “Vaqf” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda mahalladagi yordamga muhtoj oilalarga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Bundan tashqari, ishchi guruh mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning uyini ta`mirlab beradigan bo`ldi.

35f855b7-8a53-4d1d-a03c-4df08c3d1177.jpg

c2707d02-7af6-49ab-b036-ec4c29cfcdb8.jpgon musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA