42

Shifobaxsh choylarning sirini bilasizmi?

Salomatlik 17.08.2018, 15:17
3495
Shifobaxsh choylarning sirini bilasizmi?

Tabiatda ko`plab o`simliklar borki, ularni choyga qo`shib ichilsa, organizmimizdagi ichki a`zolarni "tartibga solish"ga yordam beradi.

Bu kabi choylar ichakdagi foydali mikroflorani oziqlantirib, fermentlarni maromlashtirib turadi. Yallig`lanishning oldini oladi. Zero, salomatligimiz ichaklarning ahvoliga ham bog`liq.

Yalpiz. Uning xushbo`y barglarini choy bilan birga damlab ichilganda, kishini tinchlantirib, mushaklarni bo`shashtiradi. Shuningdek, ovqat hazm qilishda yordam berib, ichimizni tozalaydi. Ammo, erkaklar yalpizli choyni kamdan-kam ichishlari tavsiya qilinadi.

Yasmin. Ushbu o`simlik bilan birga damlangan choy ishtahani ochuvchi, quvvat beruvchi, charchoqni chiqaruvchi vositadir. Ammo, gipertoniklargaushbu choy mumkin emas.

Zanjabil. O`simlik ildizini qirg`ichdan o`tkazib yoki bo`laklarga bo`lib, choyga aralashtirib damlash lozim. U kishini qizdiradi vatetiklashtiradi. Shuning bilan birga, moddalar almashinuvini yaxshilaydi.

Tirnoqgul (kalendula). Tirnoqgulli choysaratonni davolashda eng samarali vositalardan biridir. Gullari va urug`i bakteriyalarga qarshi kurashuvchi hususiyatga ega. Ayniqsa tirnoqgulni suv bug`ida ozgina ushlab turib, keyin choyga qo`shib damlashni tavsiya qilaman. Biz turmush o`rtog`im bilan birga ushbu choyni hech kanda qilmaymiz. Haftada 3-4 kun albatta ushbu choyni ichishga harakat qilamiz.

Lavanda. Ushbu gullarni faqat ayollarga tavsiya qilaman. Lavandali choy kishini tinchlantirib, ichki zo`riqishlarni bartaraf etadi. Ayniqsa uyqusizlik va asablar taranglashganda bir haftada 1-2 marotaba ushbu choyni ichish foydalidir.

Sadoqat Murotova, Farg`ona viloyati

Комментарии