42

Qovun — chanqoqni bosadi, asablarni tinchlantiradi

Salomatlik 20.08.2018, 11:57
3612
Qovun — chanqoqni bosadi, asablarni tinchlantiradi

Qovunning mag`zida ham, urug`ida ham iste`mol qilish uchun to`liq yaroqli bo`lgan 30 % gacha yog` moddalari mavjud. Bundan tashqari qovun ovqat hazm qilish jarayoniga ijobiy ta`sir ko`rsatadi, undagi foliy kislotasi qon hosil qilishda ishtirok etadi. Qovun aterosklerozda, kamqonlikda, yurak, qon tomir kasalliklarida juda foydalidir.

Tarkibi
Qovunni iste`mol qilish qadimdan kasalliklarni davolashda keng tavsiya etib kelingan. Uni sil, oshqozon kasalliklari, turli ruhiy xastaliklarda, revmatizm, podagra, shamollash va yo`talga qarshi kasalliklarni davolashda, shuningdek gijjani haydab tushirishda tavsiya etilgan. Qovun urug`i sutdagi damlanmasini xalq tabobati bilimdonlari peshob tutilib qolishida, qovuqda tosh paydo bo`lishida, qovun sharbatini esa, qabziyat va bavosilda tavsiya etishgan. Qovun urug`ining suvda ivitilgani faol peshob haydovchi, engil ich suruvchi vosita bo`lib, buyrak, jigar va qovuq uchun juda foydalidir.

Qovun chanqoqni bosib, asab tizimini tinchlantiradi. Uning shifobaxsh xususiyatlari tarkibida V9 va S vitaminlari, temir moddasi va kaliy tuziga boyligi bilan bog`liq. Shu sababdan ham mutaxassis-dietologlar bemorlarda kamqonlik, yurak, qon tomir kasalliklarida, aterosklerozda, buyrak va jigar kasalliklarini davolashda qovun iste`mol qilishni buyurishadi.

ShIFOBAXSh XUSUSIYaTLARI

Qovunning shifobaxsh xususiyatlari uning etilib, yaxshi pishganligi bilan bog`liq. Masalan, etilib pishmagan qovun – sapchani eyish oshqozon yarasi yoki gastrit kasali bor kishilarga tavsiya etilmaydi. Och qoringa ham qovun tanovul qilish tavsiya etilmaydi. Uni xatarsiz tanovul qilishning tartibi ovqat tanovul qilish orasida bo`lishi yaxshidir, bunda u boshqa tanovul qilingan oziq-ovqat mahsulotlari bilan aralashishi yaxshiroqdir.

Bugungi kunda dietologlar qovun iste`mol qilishni ovqat hazm qilishni yaxshilash maqsadida tavsiya etishadi. Bundan tashqari u ajoyib gijja haydovchi vositadir. Bu albatta bolalar uchun foydali.

Shamollash va turli illatlarni davolashda qovunning foydasi Sharqda tabiblar qadimdan qovundan shifobaxsh vosita – dori sifatida foydalanishgan. Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino o`ziga murojaat qilgan yurak, qon tomir kasalliklari bilan og`rigan bemorlarni qovun urug`i va po`sti bilan davolagan. Shuningdek, u buyraklarda paydo bo`lgan toshlarni chiqarib yubora oladigan xususiyatlarga ega ekanligini ta`kidlagan.

QOVUN YoRDAMIDA OZISh

Evropada keyingi yillarda organizmni qovunning sharbati yordamida tozalash keng tus oldi. Har xil ortiqcha yoqimsiz moddalar va xiltlardan organizmni tozalash uchun 20 kun davomida nahorga, kishi ta`biga qarab, qovun sharbatiga xohlagan mevasini qo`shib iste`mol qilinadi. Ogohlantirish: bu davolash uslubini albatta mutaxassis shifokor maslahati bilan qo`llaniladi.

AYoLLAR SOG`LIG`I UChUN FOYDASI KATTA

Qovunda mavjud bo`lganfoliy kislotasi ayollar uchungina muhim va zarur bo`lgan modda bo`lib, uningsiz farzandga sog`lom ona bo`lish me`yorida bo`lolmaydi. Ayollar, ayniqsa homilador ayollar ovqatlanish rasionlariga qovunni qo`shishlari zarur va foydalidir. Aytgancha, qovunda mavjud bo`lgan kremniy suyak, soch va terining sog`lom bo`lish muvozanatini ta`minlaydi. S vitamini usti-ustiga davom etgan shamollashdan zaiflashgan kishilar organizmida immunitetni mustahkamlaydi.

Ortiqcha semirishning oldini oladi Uning past kaloriyaliligiortiqcha vazndan qutilishda yordam beradi. Lekin qand kasalligi bor kishilar qovun tarkibida qand moddasi ko`p bo`lganligidan, uni ehtiyot bo`lib iste`mol qilishlari zarur.

TAVSIYa

1. Qovun iste`mol qilgach, uning ketidan sovuq suv, sut, qatiq va kefir ichmang.

2. Och qoringa, nahorga qovun emang!

3. Homilador va emizikli ayollar qovun iste`mol qilishda ogoh bo`lishlari tavsiya etiladi, chunki qovunning ko`p iste`mol qilinishi bola ichak yo`llarida muammo keltirib chiqarishi mumkin.

Комментарии