Долзарб мавзулар Foto

O`zbekistonda 4K formatidagi ilk telekanal ishga tushiriladi (video)

Бўлимлар: Jamiyat, Hi-tech
Теглар:
Добавлено: 31.08.2018, 11:34

1 sentyabr kuni O`zbekistonda 4K formatidagi ilk telekanal — Lux.TV ishga tushiriladi. Bu haqda O`zMTRK raisi Alisher Xodjaev Facebook’dagi sahifasida ma`lum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, bu MDH mamlakatlari va Markaziy Osiyo mintaqasidagi ilk 4K formatli yuqori tiniqlikdagi 24 soat uzluksiz namoyish etuvchi telekanaldir.

AKT vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushirilayotgan ushbu telekanal O`zMTRKning texnik va texnologik imkoniyatlarini namoyish etuvchi yuqori darajali brendga aylanadi, deb kutilmoqda.

“Chunki bu telekanal o`z dasturlari yordamida teletomoshabinlarni a`lo kayfiyat ulashuvchi orombaxsh lahzalarga oshno qilib, mazmunli hordiq chiqarish bilan bir qatorda turmush tashvishlaridan bir muddat uzoqlashib, hayot go`zalliklaridan bahra olishga chorlaydi”, — deyiladi telekanal ta`rifida.

Telekanalda yosh chegarasi yo`q, u tunu kun efirga chiqadi. Unda madaniyat va san`at, go`zallik va moda, hunarmandchilik, turizm, tabiat va boshqa ko`plab shu kabi mavzularda ko`rsatuvlar, dasturlar efirga uzatiladi.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA