Долзарб мавзулар Foto

Jahongir Ortiqxo`jaev Berlin shahri hokimi bilan uchrashdi

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 12.09.2018, 20:04

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo`jaev boshchiligidagi delegasiya rasmiy tashrif bilan Germaniyada bo`lib turibdi.

Bugungi tadbirlar dasturida Toshkent shahar hokimining Berlin shahridagi er osti metropoliteni va unga tutash hududlarning bo`sh joylaridan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishishi hamda Berlin shahri hokimi M.Myuller janoblari bilan uchrashuvlari o`rin olgan.

Kunning ikkinchi yarmida J. Artikxo`jaev “Berlinning oltin kitobi”ga o`z fikr-mulohazalarini yozib qoldirishi, shuningdek, Berlin shahri ichki ishlar va sport senatori bilan uchrashuvi, Kroysberg tumanidagi sport va fitnes markazi faoliyati bilan tanishishi ko`zda tutilgan.

Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, delegasiya a`zolari kun yakunida O`zbekiston Respublikasi Mustaqillik kunining 27 yilligi hamda Toshkent va Berlin o`rtasida do`stona aloqalarning 25 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan tantanali marosimda ishtirok etadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA