41

Jahongir Ortiqxo`jaev senator etib saylandi

Jamiyat 14.09.2018, 20:18
1315
Jahongir Ortiqxo`jaev senator etib saylandi

Bugun, 14 sentyabr kuni O`zbekiston davlat konservatoriyasining katta majlislar zalida Toshkent shahar va tuman Xalq deputatlari Kengashining qo`shma majlisi bo`lib o`tdi.

Unda 330 dan ortiq deputatlar, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdilar. Yig`ilishni Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov olib bordi.

Yig`ilish kun tartibida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo`jaevni Oliy Majlis Senati a`zosi sifatida saylash masalasi muhokama etildi.

I.o. xokima stolis izbran senatorom Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan

Yashirin ovoz berish natijalariga ko`ra, Toshkent shahar hokimi Ortiqxo`jaev Senat a`zosi etib saylandi.

Jahongir Ortiqxo`jaev 1975 yil 2 yanvarda Toshkentda tug`ilgan. 1991-1996 yillarda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Mutaxassisligi iqtisodchi. 2015 yil “Do`stlik“ ordeni bilan mukofotlangan. Toshkent shahar “Artel Injiniring“ MChJ direktori lavozimida ishlab kelgan.

2018 yil 26 aprel kuni Ortiqxo`jaev Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan edi.

Комментарии