Ташкент +4° Mon 20:22
Долзарб мавзулар Foto

Haftalik bashorat: O`zingizga ishoning!

Бўлимлар: Munajjimlar bashorati
Теглар:
Добавлено: 08.10.2018, 09:21

8—14 oktyabr, 2018 yil.

Hamal

Kutilmagan uchrashuvlarga tayyor turing. Bu hayotingizdagi ko`p narsalarni o`zgartirishi mumkin. Anchadan buyon echimini kutayotgan ishlaringizni asta-sekin hal etasiz. Va bundan, albatta, xursand bo`lasiz.

Salomatligingizni mustahkamlash uchun qilayotgan harakatlaringiz ijobiy natija bermasligi ehtimoli bor. Ammo tushkunlikka tushmang, davolanishni to`xtatmang. Ayniqsa, ortiqcha vazndan qutulish uchun tutayotgan parhezingizni.

Savr

Bor diqqat-e`tiboringizni oilaga qarating. Turli sovg`a-salomlar bilan yaqinlaringizni xursand qiling. Chunki ular ayni dam sizning g`amxo`rligingizga muhtoj. Shu qatorda o`zingizni ham unutmang.

Ishda esa eski hammom, eski tos, deganlaridek hech qanday o`zgarish bo`lmaydi. Behuda xayollarga berilmang. Hamkasblaringizni ham o`zingizga juda yaqin olib, sirlaringizni oshkor etmang.

Javzo

Bu hafta qo`shimcha daromad topish uchun qulay imkoniyat tug`iladi. Agar bundan unumli foydalana olsangiz, moddiy ahvolingizni yaxshilab olasiz. Shuning uchun qarz olish borasidagi fikringizni esdan chiqaring.

Yaqinlaringiz bilan munosabatni o`zgartiring. Ular sizning muammolaringizni hal etishga majbur emas. Faol harakat qilsangiz barcha ishingizni hal etishga ulgurasiz.

Saraton

Xayollarga berilib, kelajakni rejalashtirishni bas qiling. Hayotga real qarang. Belni mahkam bog`lab, ishga kirishing. Berilgan topshiriqlardan bo`yin tovlamang. Ularni mas`uliyat bilan o`z vaqtida bajaring. Axir, muvaffaqiyatga osongina erishib bo`lmaydi. Buning uchun inson kurashishi, sinovlarda toblanishi lozim. Shunda hammasi yaxshi bo`ladi. Siz esa ana shunday eng yaxshilariga munosibsiz.

Asad

Hafta davomida kayfiyatingiz ko`tarinki bo`ladi. Omaddan quvona biling! Bir nechta muhim uchrashuvlarda ishtirok etasiz. Bildirgan takliflaringiz ko`pchilikni qiziqtirib qo`yadi. Shu sabab sizga bir nechta foydali takliflar bo`lishi mumkin. Ulardan unumli foydalana olsangiz, o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob topa olasiz. Faqat olg`a harakat qiling!

Sunbula

Bor e`tiboringizni salomatlikka qarating. Biror bezovtalik sezdingizmi, darrov shifokorga murojaat eting. O`zi o`tib ketadi, deb xafsalasizlik qilmang. Yana vaqtida ovqatlanib, dam olishni unutmang.

Ishda ham o`zingizni ko`p urintirmang. Asabni arzimas narsalar uchun buzmang. Hadeb kuyib-pishaverganingiz bilan muammolar hal bo`lib qolmaydi. Hafta so`ngida sutli qahva damlab, sevgan asaringiz mutolaasiga kirishing. Bu ham dam olishning eng yaxshi usullaridan biridir.

Mezon

Ijobiy o`zgarishlarga tayyor turing. Faqat buning uchun biroz kuch sarflashga to`g`ri keladi. Agar lozim bo`lsa, do`stlaringizdan yordam so`rang. Ular bajonidil ko`mak berishadi.

Farzandlaringiz bilan munosabatda biroz muammolar bo`lishi mumkin. Erkaliklar qilib, asabingizga tegishadi. Hadeb tergayvermasangiz ular ham sizni tushunishadi. Dam olish kunlari ochiq havoda sayir qiling.

Aqrab

Ortga bir qayrilib, o`tmishga nazar tashlang. Qilgan xato va kamchiliklaringizni jiddiy tahlil qilib ko`ring. Shunga asoslanib, hozirgi vaziyatingizni o`zgartirishga kirishing. Faqat his-tuyg`ularga erk bermang.

Haftaning ikkinchi yarmida qulay vaziyatlar bo`lishi mumkin. Ko`pdan beri echim kutayotgan muammolarga javob topasiz. O`ylanib o`tirmay, o`z kuchingiz va bilimingizga ishonib, harakatga kirishing.

Qavs

Har doimgidan yanada faol bo`lasiz. Oldingizga yuksak maqsadlar qo`ying. Ularni amalga oshirish yo`llarini izlab ko`ring. Buning uchun sizda hamma narsa etarli. Ya`ni bilim ham, imkoniyat ham bor. Ularni ishga sola bilsangiz, bas.

Moddiy ahvolingiz ham sezilarli darajada yaxshilanadi. Bundan barcha xursand bo`ladi.

Jadiy

Begonalar bilan muloqotga kirishmang. Ularga ishonib, pulingizni sarflab, aldanib qolib, pushaymon bo`lmang.

Salbiy odatlarni tashlashga harakat qiling. Ayni fursat ulardan qutulish uchun qulay vaqtdir. Bunday imkoniyat yana bo`lmasligi mumkin. Agar bundan to`g`ri foydalana olsangiz, o`zingiz uchun ham, oilangiz uchun ham yaxshi bo`ladi.

Dalv

Ishlaringizni o`z vaqtida bajarishga kirishing. Aks holda, muammolardan boshingiz chiqmay qoladi. Yon-atrofdagilar bilan ham ziddiyatga bormang. Xushmuomala bo`lishga harakat qiling.

Oilangizga e`tibor qarating. Ochiq-oshkora bo`lmasa-da, juftingizga muhabbatingizni izhor eting. Dam olish kunlari oilaviy ko`ngilochar maskanlarga boring.

Hut

Shoshmashosharlikka yo`l qo`ymang. Har bir ishingizni reja asosida bajarishga kirishing. Ish vaqtida keraksiz narsalarga chalg`ib, xato qilib qo`ysangiz, ularni tuzatish biroz qiyin bo`ladi. Shuning uchun doim hushyor bo`ling.

Uyda ham biroz muammolar bo`lishi mumkin. Ularni o`ylab siqilmang. Vaqt – hamma narsaga davo!

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA