41

​Limon — qon bosimini tushiradi, o`smalar o`sishini to`xtatadi

Salomatlik 12.10.2018, 14:35
3460
​Limon — qon bosimini tushiradi, o`smalar o`sishini to`xtatadi

Xalq tabobatida limon qon bosimi ko`tarilganda, oshqozon-ichak kasalliklarida va yana bir qator kasalliklarni davolashda keng qo`llanliadi. Limonning hidi asablarni tinchlantirish xususiyatiga egadir. Gulini hidlash esa homilador ayollardagi toksikozning engil kechishida yordam beradi. Limonning boshqa foydali xususiyatlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Limonning siqib olingan suvi:

  • rangni toza qilib, sepkilni ketkazadi;
  • teri kasalliklaridan temiratkiga surtilsa davo bo`ladi;
  • ko`zning sariqligini ketkazadi;
  • gipertoniyada qon bosimini mo``tadillashtiradi;
  • gepatit (sariq kasalligi) da yordam beradi;
  • me`dani toza qiladi.

Limon sharbati:

  • ishtahani ochadi;
  • bezgak bilan og`rigan bemorlarning haroratini tushirishda yordam beradi;
  • oshqozon-ichak kasalliklarida, hazmni yaxshilash uchun ichiladi;
  • organizmda mineral tuzlarning almashinuvi buzilganida davo bo`ladi;
  • angina, faringit, gripp va nafas yo`llarining shamollashida ishlatiladi;
  • limon sharbatini uch-to`rt qoshiq nahorda iste`mol qilish organizmdagi o`smalar o`sishini to`htatishi mumkin.

Barglari:

  • me`da va ichki a`zolarini kuchli qiladi;
  • gipertoniyada;
  • qand kasalligida davo bo`ladi.

Guli:

  • Gulini hidlansa kayfiyatni ko`taradi;
  • Homilador ayollarda toksikozning engil kechishida yordam beradi.

Limong yog`i:

  • asabning bo`shashganida yordam beradi;
  • falajga davo bo`ladi.

Limon qobig`i:

- qobig`ini og`izda tutib turilsa, hidni ketkazadi;

- kiyimga qo`yilsa kuya tushishdan saqlaydi;

- turli konditer pishiriqlar pishirishda ham foydalaniladi;

- limon qobig`ini quritib, quruq choy idishi ichiga solinsa, choy damlaganda hushbo`y hid kelib turadi.

Limon o`simligining barglari, novdalari, meva qobig`idan efir moyi olinib, undan oziq-ovqat, parfyumeriya hamda farmasevtika sohasida ishlatiladi. Farmasevtika sohasida limonning efir moyidan ayrim dori-darmonlarning ta`mini yaxshilashda foydalaniladi.

SALOMATLIK UChUN ODDIY TAVSIYaLAR:

Tanadagi tuzlarni haydashda - uch dona limonni po`stlog`i bilan va 150 gramm tozalangan sarimsoqpiyozni qiymalagichdan chiqariladi. So`ng 1 litrli shisha idishga solib, ustidan 0,5 litr qaynatib, sovutilgan suv quyiladi. Bir sutkadan keyin dokadan o`tkazib, xomashyoni siqib olgach, banka qopqog`ini mahkam yopib, qorong`i joyda saqlanadi. Davo uchun ushbu suyuqlikdan har kuni ertalab 50 ml.dan iching.

Yurak quvvatli bo`lishi uchun – 6 limonni qobig`i bilan qiymalagichdan o`tkaziladi va 1 kg asal bilan aralashtiriladi, 1 bosh sarimsoqpiyozni maydalab, qo`shiladi. Aralashmani shisha bankaga solib, qorong`i, salqin joyda 1 xafta saqlanadi. Har kuni nahorga 1 osh qoshiqda iste`mol qilinadi.

Uyqusizlikda - bir stakan mineral suvga bir osh qoshiq asal, yarimta limon sharbatini aralashtirib, ertalab och qoringa 7 kun davomida ichiladi.

Tuzlarni eritishda – 250 gramm petrushka bargi va ildizi, 150 gramm limon po`stlog`ini qiymadlagichdan o`tkaziladi. Unga 300 gram asal quyib aralashtiriladi. Aralashmani 1 kun tindirilib, bir kunda 3 mahal ovqatdan bir soat oldin 1 osh qoshiqdan iste`mol qilinadi. Davolanish muddati 3 oy. So`ng bir oy tanaffus qilib yana takrorlanadi. Jami muolajalar soni 3-4 taga etkaziladi.

Bosh miyani oziqlantirish uchun – 150 gramm qirg`ichdan chiqarilgan olmani 2 choy qoshiq limon suvi va 2 choy qoshiq asalga aralashtiriladi. Aralashmaga 10 ta yong`oqni maydalab qo`shiladi. Bir kishi uchun bir kunlik miqdor.

Комментарии