42

Islom Karimovning otasi haqida ma`lumot berildi

Jamiyat 15.10.2018, 11:00
Теги: Foto
3957
Islom Karimovning otasi haqida ma`lumot berildi

Islom Karimov fondi O`zbekistonning Birinchi prezidentining otasi haqida ma`lumot berdi.

Islom Karimovning otasi 1894 yilda tug`ilgan Abdug`ani bobo xizmatchi bo`lgan. U qattiqqo`l, o`ziga va boshqalarga nisbatan talabchan kishi bo`lgan hamda qat`iyligi bilan ajralib turgan.

Abdug`ani bobo qat`iy tartib-qoidaga rioya qilgan va o`g`illaridan ham shuni talab qilgan. Mahallada katta obro`-e`tibor qozongan bo`lgan. Abdug`ani bobo va Sanobar aya farzandlarining bilim olishga intilishi va doimo o`z ustida ishlashi uchun shart-sharoit yaratishgan.

Ta`kidlanishicha, Karimovlar oilasida barcha o`g`illar oliy ma`lumotli bo`lgan, ularning uch nafari maktabni oltin medal bilan tugallagan, uch nafari fan nomzodi bo`lgan – Ibod G`anievich, Quddus G`anievich va Islom Abdug`anievich. Bu o`sha vaqtlar va bugungi davr uchun – noyob hodisa. Keyinroq Islom Karimov akademik darajasigacha erishdi.

Aka-ukalarning bari fenomenal xotira bilan ajralib turgan. Bu oilaviy xususiyat edi. Aka-ukalar hozirgina o`qilgan matnni kim yoddan aytib bera olishi borasida o`zaro bellashishgan. Keyinchalik ularning orasidan kimdir oliygoh o`qituvchisi, kimdir sudya, xizmatchi, olim va prezident bo`ldi. Bu oila uchun o`g`il farzandlarning bilim olishi birinchi o`rinda bo`lgan. Ushbu hayotiy pozisiyaga sodiqlikni vaqtning o`zi tasdiqladi.

Комментарии

Xorijiy ijodkorlar o`zbek yoshlariga mahorat-sabog`ini o`tishdi

10.10.2019, 16:32

“Yozuvchi/rassom/madaniyat xodimi rezidensiyada” dasturi ishtirokchilari Yoshlar press klubida ijodkor yoshlar bilan uchrashishdi.O`zbek va xorij ijodkorlari hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu rezidensiya dasturining dunyoning turli...
Surxondaryoda uch egizak dunyoga keldi

07.10.2019, 18:03

Kuni kecha Termiz shahar Sahovat mahallasidagi Haydarovlar xonadonida uch nafar egizak farzandlar dunyoga keldi. Shahar tibbiyot birlashmasining tug`ruq bo`limida ko`zi yorigan surxondaryolik Iroda Xo`jamova ikki...
Maktabgacha ta`lim vazirligi mobil va modulli MTTlarni taqdim etdi (Foto)

04.10.2019, 15:49

2019 yil 4 oktyabr kuni mobil va modulli maktabgacha ta`lim muassasalarining taqdimoti bo`lib o`tdi. Ular oddiy MTTlarni qurish imkonsiz bo`lgan chekka qishloq joylari, tog`li hududlar...
Raqqosalarimiz Koreyadagi Niqob raqs festivalida ishtirok etishmoqda (foto)

03.10.2019, 17:44

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o`rinbosari boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi 27-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar Koreya Respublikasining Andon shahrida o`tkazilayotgan xalqaro Niqob raqs festivalida ishtirok etmoqda.