41

“Xayrli oqshom”da coffee break!

Shou-biznes 17.10.2018, 15:04
4861
“Xayrli oqshom”da coffee break!

Siz qavhani xush ko`rasizmi? Unda “Sevimli” telekanalining 17 oktyabr kuni, 19:30 da efirga chiqadigan “Xayrli oqshom ko`rsatuvining navbatdagi soni aynan siz uchundir!

Qahva uyquni qochiradi ammo qahva iste`mol qilgach, uyqusi keladigan insonlar haqida eshitganmisiz?

Radio boshlovchi Jamshid Xo`janiyozov mana shunday insonlardan biri. “Qavha ichganim zahotim uyqum keladi, qilishim kerak bo`lgan ishlarim ham qolib ketadi!”, deydi u.

“Via Sharq” guruhi oilaviy sayr qilsa, albatta qahvaxonaga kirib, qahvaning yangi turlarini tatib ko`rishni xush ko`radi.

Bir kunda 5-6 finjon qavha ichadigan qahramonimiz o`zini qanday his qiladi?

Bir finjon qavhaning foydali tomonlarini bilasizmi? Qahva mavzusi bo`yicha sizni qiziqtirgan barcha savollarga 17-oktyabr kuni soat 19:30 da “Xayrli oqshom” ko`rsatuvida javob topasiz!

Комментарии