Долзарб мавзулар Foto

Umraga boruvchi ziyoratchilar soni bo`yicha kvota bekor qilindi

Бўлимлар: Jamiyat, Hidoyat sari
Теглар:
Добавлено: 25.10.2018, 16:54

Bundan keyin Umra ziyoratiga borish uchun navbatda turib kvota olish kerak bo`lmaydi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston Musulmonlar idorasi.

"Avvallari fuqarolarimiz umra safariga borish uchun yillab navbat kutishar, boshqa yo`llar bilan borish imkoniyatlarini qidirishar edi. Endi yurtimiz fuqarolarining muqaddas ziyoratga bo`lgan ehtiyojlarini to`laqonli qondirish maqsadida jamoatchilik kengashi qarori asosida Umra safariga boruvchi ziyoratchilarning sonini belgilash bo`yicha (kvota) cheklovlar olib tashlandi", - deyilgan xabarda.

Shuningdek, Umra ziyorati uchun to`lanadigan to`lov miqdori ham kamaydi. Fuqaorlar avval ziyorat uchun 13,65 mln so`m to`lagan.

Endi esa Jamoatchilik kengashi tomonidan Umra safariga bormoqchi bo`lgan har-bir fuqaro uchun to`lanadigan mablag` qiymati 5 804 000 so`m xizmatlar uchun va 5 096 000 so`m - "Toshkent – Jidda – Toshkent" aviachiptasi uchun to`laydi. 2018 yilda birinchi guruh ziyoratchiar Jiddaga 28 oktyabr kuni uchib ketishadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA