Долзарб мавзулар Foto

Gulistonda sodir etilgan bosqinchilikda kollej o`quvchisi ham ishtirok etgan

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 08.11.2018, 17:26

Kecha, 7 noyabr kuni Sirdaryo viloyatida bosqinchilik jinoyati sodir etilgan, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Guliston shahrida yashovchi I.Yu.ning uyiga shu shaharda yashovchi J.B., kollej 3-bosqich o`quvchisi B.A., muqaddam sudlanganlar U.M. va I.M.lar yuzlariga niqob kiygan holda bostirib kirib, uni boshiga yog`och bilan urib, pul talab qilgan vaqtlarida I.Yu.ning turmush o`rtog`i shovqin ko`targan.

Natijada shu hududda xizmat olib borayotgan viloyat ichki ishlar organlari xodimlari voqea joyiga etib kelib, 3 nafar bosqinchini qo`lga olganlar. Yana bir nafari, J.B. voqea joyidan qochib ketgan edi.

Ko`rilgan tezkor qidiruv natijalari tufayli u ham 8 noyabr kuni qo`lga olindi. I.Yu. tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA