42

"Qaynonam makrining qurboniga aylanyapman"

SUG'DIYONA 12.11.2018, 11:39
6744
"Qaynonam makrining qurboniga aylanyapman"

“Turmush o`rtog`im bilan sevishib, sinashib oila qurganmiz. O`rtamizdagi muhabbatga qattiq ishonardim. Biroq baxtli oila qurish uchun er-xotinning munosabati etarli bo`lmas ekan. Erim kenja o`g`il bo`lgani uchun qaynonam bilan yashaymiz. Qaynotam ancha yillar oldin vafot etgan. Homiladorligimda qaynonamning menga ko`rsatgan qiliqlarini o`ylasam, hozir ham yuragim siqiladi. Siqilganimdan bolam kasalmand tug`ildi. Dardimni ichimga yutib, chidadim. Qizim uchga to`lmasidan o`g`lim tug`ildi. Ikki bolaning parvarishi, ro`zg`or yumushlari meni holdan toydirayozdi. Qaynonamning dashnomini eshitmay, erimga urdirmasin, deb tinim bilmasdim. Bir kuni uylarni tozalayotib, qaynonam yotadigan gilamning tagidan bir talay dori topib oldim. Qon bosimim ko`tarildi, deb dori olib keltirar, ularni ichmasdan gilam tagiga tashlab qo`yarkan. Bundan qattiq jahlim chiqdi. Erim onasining gapiga kirib, meni haqoratlay boshlaganida barchasini aytib berdim. U jazavaga tushdi. Har kuni bo`ladigan ana shunday tashvishlardan charchadim. Ichimdagini birovga aytib yorila olmasam, bir kun o`zim ham kasalmand bo`lib qolamanmi, degan o`ydaman. Qaynonamning makrlaridan, onasini gapiga ishonib erim meni qiynashidan charchadim. Maslahat bering, nima qilay?”

Maxfirat, Qashqadaryo viloyati

TO`TI AYАDAN 2 TAVSIYА

  • Qaynonangizning har bir harakatidan yomonlik axtarmang. Turmush tarzingizni o`zgartiring. Ya`ni qaynonangizning makrlarini ko`nglingizga olib, o`zingizni qiynab yurmang. U bilan samimiy gaplashib olishingiz ham mumkin. Mabodo yumushlarni qaynonangizning ko`nglidagidek bajarmayotgan bo`lsangiz, sidqidildan bajarishga urining.
  • Barchasini ichga yutib, asabiylashganingiz bilan muammoni hal etolmaysiz, o`zingiz bilganingizdek, sog`ligingizga ziyon etkazasiz, xolos.

MIRABBOS OTADAN 2 TAVSIYА

  • Aslida ikki tomon gapini eshitmagunimcha, biron qat`iy munosabat bildirish qiyin. Chunki har kim o`zicha haq hisoblanadi. Men kuyovga va qaynonaga maslahat bermoqchiman. Ayolingiz yaxshi niyat bilan sizga turmushga chiqqan. U naslingizni davom ettirishini, yaxshi-yomon kuningizda yoningizda bo`lishini unutmang. Shunday ekan, ayolingizni ehtiyot qiling, avaylang.
  • Qaynonadagi bu holat esa yosh bilan ham bog`liq bo`lishi mumkin. Biroz hordiq chiqarishiga imkon yaratib bering. Asablar tinchlansa, hammasi iziga tushib ketadi, deb o`ylayman.

Комментарии