42

​Test: Yaqiningizni kechira olasizmi?

SUG'DIYONA 14.11.2018, 09:47
5657
​Test: Yaqiningizni kechira olasizmi?

Deylik, turmush o`rtog`ingiz sizni qattiq xafa qildi. U bilan qancha vaqt gaplashmay yura olasiz? Aybini tan ol-sa-chi, kechirasizmi?

Quyidagi test yordamida ushbu savollarga javob topishingiz mumkin.

1. Bozorda kimdir oyog`ingizni bosib oldi. Sizning holatingiz?..

A. «Hechqisi yo`q» deya e`tibor bermaysiz.

B. Jahlingiz chiqadi.

V. O`zingizni chetga olasiz.

G. Siz ham uning oyog`ini bosasiz.

2. Bir necha oy oldin xafalashib qolgan dugonangiz «SMS» yozib, to`yiga taklif qildi. Nima qilasiz?

A. «Asabiylashsam kerak».

B. «Aniq jahlim chiqqan bo`lar edi».

V. «Dugonam uchun xursand bo`laman».

G. «U kimga turmushga chiqayotgani qiziq, to`yga boraman».

3. Tasavvur qiling, ishga joylashish uchun kelgan nomzodlar orasida maktabda siz bilan ko`p janjallashgan ayol ham bor.

A.«Suhbat ko`ngildagidek o`tishiga harakat qilaman».

B. «Suhbatdan o`ta olmasligi uchun bor imkoniyatimni ishga solaman».

V. «Uni shu ahvolda ko`rib turganimdan xursandligimni yashirmayman».

G. «O`zimni xotirjam tutaman».

4. Ko`p yillardan beri ko`rmagan dugonaningizni uchratib qolsangiz nima qilasiz?

A. Qaerga yo`q bo`lib ketganiga qiziqasiz.

B. Xursand ekaningizni yashirmaysiz.

V. Nomiga ko`rishgandek bo`lasiz;

G. Dugonangiz bilan uzoq suhbatlashasiz.

5. Turmush o`rtog`ingiz telefoningizdagi «SMS» ni o`qiyotganini ko`rib qoldingiz...

A. «Jahlim chiqadi va buni yashirmayman».

B. «Bu bor-yo`g`i «SMS» xafalashishga arzimaydi».

V. «Boshqa bunday qilmasligini so`rayman».

G. «Menga ishonmasligidan xafa bo`laman».

6. Vaqtincha ishsiz bo`lgan yaqinlaringizdan biri sizni pul sarflashni bilmaslikda ayblasa...

A. Ishlaringizga aralashmasligini aytasiz.

B. Jahlingiz chiqadi.

V. Atay qilayotganini bilasiz va o`zingizni qo`lga olasiz.

G. Uni eshitasiz.

7. Sizning-cha, kechirish bu ...

A. Kimningdir taqdirini o`zgartirish.

B. Oldinga qadam tashlash.

V. Dilozorni unutish.

G. Noxush xayollardan xalos bo`lish.

8. Qilgan ishidan pushaymonligini aytgan yaqiningizga nisbatan qanday hislarni tuyasiz?

A. Qahr.

B. Alamzadalik.

V. Tushunish.

G. Hamdardlik.

9. Institutda sizni imtihondan yiqitishga uringan o`qituvchining vafot etgani haqida eshitib qoldingiz.

A. «Sira ham achinmayman».

B. «Yaqinlariga sabr bersin...».

V. «Hayotda hamma narsa bo`lishi mumkin».

G. «Bu savdo hammamizning boshimizda bor».

10. Dilozorga nima degan bo`lardingiz?

A. «Menga etkazgan ozorlaringiz o`zingizga qaytadi».

B. «Bundan buyon menga hech qanday yomonlik qilolmaysiz».

V. «Aslida, siz yaxshi odamsiz. Shu haqida o`ylab ko`ring».

G. «Sizni qanchalik yomon ko`rishimni bilsangiz edi».

Javoblarni quyidagi jadval asosida hisoblang:

Savollar

a

b

v

g

1

4

2

3

1

2

1

2

3

4

3

3

1

2

4

4

2

3

1

4

5

4

3

2

1

6

2

1

4

3

7

3

2

1

4

8

1

4

2

3

9

4

3

2

1

10

1

2

3

4

10 - 17 ball:

Kimnidir kechirishingiz qiyin. Bo`lib o`tgan voqealarni uzoq vaqt unuta olmaysiz. Bu ishingiz o`zingizga ham malol kelsa-da, tan olgingiz kelmaydi.

Eng avvalo, hissiyotlaringiz bilan ishlashni o`rganing. Kimdandir ranjisangiz, unga nisbatan paydo bo`lgan hislarni tahlil qiling. Va masalaning echimini topishga urining.

18 dan 24 ballgacha:

Yaqin insoningiz bilan xafalashib qolsangiz, ruhingiz cho`kadi. Asabiylashasiz, xatti – harakatlaringizni boshqara olmay qolishingiz mumkin. Ammo hovuringizdan tushgach, barini oson unutasiz. Biroq bu qachon yuz berishini bilib bo`lmaydi.

Maslahatimiz, jahlingiz chiqqanida tilingizga ehtiyot bo`ling.

25 dan 31 ballgacha:

Sizni xafa qilish qiyin. Hatto kimningdir qo`pol muomalasidan ham ranjimaysiz. Sababi, vaziyatni to`g`ri tahlil qilishni bilasiz. Ammo ba`zilar buni o`zlaricha tushunishadi va sizdan foydalanishlari mumkin.

Gohida hissiyotlarga erk berish kerak. Har narsani ichga yutaverish yaxshi emas.

32 dan 40 ballgacha:

Kechirimli bo`lishga harakat qilasiz. Ammo xatti – harakatlaringiz alamzada ekaningizni sezdirib qo`yadi. Ba`zan sizni ranjitgan odamdan o`ch olishni istaysiz. Va beixtiyor unga ziyon etkazishingiz mumkin.

Kimdandir norozi bo`lsangiz, yashirmang. Yuziga ayting. Ortdan pichoq urish nomardlik.

Комментарии