Долзарб мавзулар Foto

O`zbekistonda "Yandeks. Ob-havo" xizmati yog`ingarchiliklar xaritasini ishga tushirdi

Бўлимлар: Hi-tech
Теглар:
Добавлено: 30.11.2018, 15:34

"Yandeks. Ob-havo" xizmati O`zbekistonda yog`ingarchiliklar xaritasini ko`rsatishni boshladi.

Xaritada qaerda yaqin vaqtda qor yoki yomg`ir yog`ishi boshlanishi mumkinligini ko`rish mumkin. Shu bilan birga, o`zbekistonliklar yomg`ir shahar markazida yoki faqat chekka hududida bo`lishini bilib olishlari mumkin.

Yog`ingarchiliklar bashorati ikki soat oldin 10 daqiqa interval bilan taqdim etiladi: 10-20-30 daqiqada qaerda yog`ingarchiliklar bo`lishini ko`rish mumkin.

Bundan tashqari, xizmatda foydalanuvchilarni “20 daqiqa ichida qor yog`ishi boshlanadi” yoki “Yaqin soat ichida kuchli yomg`ir tugamaydi” degan ogohlantirishlarni ham berish ko`zda tutilgan.

Eslatib o`tamiz, noyabr oyida "Yandeks" kompaniyasi yana bir xizmati - "Yandeks.Maxalla"ni ishga tushurgandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA